So’nggi yangiliklar

02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  147 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  0 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  3 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  5 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  14 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  130 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  8

"CHuqur" yoxud "SHuhrat" stadioni Yangiliklar

"CHuqur" yoxud "SHuhrat" stadioni

Teglar :  SHuhrat o'yingohi
Bugungi kunda Navoiy shahridagi “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig'ini hududida aholi tilida “CHuqur” nomi bilan mashhur (Navoiy shahar xokimligiga qarashli) “SHuhrat” futbol o'yingohi mavjud.

Ushbu o'yingohdan bugungi kunga qadar ko'plab iqtidorli futbolchilar etishib chiqqan.

70-yillarda “Paxtakor” jamoasining umidli futbolchilaridan biri bo'lgan SHuhrat Ishbo'taev aynan ushbu stadionda futboldagi dastlabki saboqlarini olgani albatta etiborga molik. Bundan tashqari “Qizilqum” PFK futbolchisi F.Qambarov,shuningdek zamonaviy o'zbek futbolining eng yaxshi yosh futbochilari deb tan olingan Qarshining “Nasaf” jamoasida to'p suruvchi Islom Kenjaboev hamda Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi azosi Jasur Jaloliddinovlar ham aynan ana shu maydonda to'p tepib futbolga kirib kelishgan.

Garchi ana shunday iqtidorli futbolchilar etishib chiqqan maydonga so'ngi yillarda masul mutasaddilar bo'lgan Navoiy shahar xokimligi tomonidan etibor qaratilmayapti. Vaxolanki bir vaqtlar viloyat chempionatida muntazam ishtirok etib kelgan “Avtomobilchi” jamoasi, xozirgi kunda “SHuhrat”nomi ostida musobaqada kuchlilar qatorida tilga olinadigan jamoa uy uchrashuvlarini aynan shu o'yingohda o'tkazar edi. So'ngi to'rt besh yildan beri maxalliy xokimiyat tomonidan maydonga bo'lgan etibor sustlashgach stadion axvoli yomonlashib “SHuhrat” jamoasi chempionatdagi uchrashuvlarini ijara asosida boshqa o'yingohlarda o'tkazishga majbur bo'lib kelmoqda. Tabiiyki maydon tamiralab xolatda. Bundan tashqari bugungi kunda viloyat futbol mahorati maktabida faoliyat olib borayotgan murabbiylar X.Ishbo'taev, A.Pirnazarov, I.Tursunov, O.Qodirov, X.Safarov va U.Narzievlar futbolga qizizquvchi yoshlarga futbolning sir-asrorlarini ushbu maydonda o'rgatib kelishgan.

“SHuhrat” futbol klubi rahbari A.Norqulovning takidlashicha,u bir necha bor shahar xokimligiga maydonni tamirlashga yordam berishlarini so'rab rasmiy xat bilan murojaat qilgan. Ammo bu urinishlar o'z samarasini bermagan. Yana shuningdek klub rahbarining aytishicha 2020 yil 10 iyul sanasidan Respublikamiz bo'ylab karantin choralari yanada kuchaytirilmasdan oldin ushbu maydonda hashar va xomiylik asosida tamirlash ishlari boshlab yuborilgan. Ushbu tamirlash ishlariga “Navoiy Polimer servis” xususiy korxonasi hamda “Zarafshan Golden Group” xomiylik qilishmoqda. Maydonga artizan quduq o'rnatilib maysa uchun drinaj tizimi yo'lga qo'yilmoqda. Bundan tashqari maydondagi kiyinish-echinish xonalari ham tamirlanib, xomiylar tomonidan zamonaviy maysao'ruvchi apparat ham xarid qilinishi rejalashtirilgan deydi klub rahbari.Ushbu xayrli ishlarga “Navoiy Polimer servis” xususiy korxonasi rahbari O'.SHaripov, “Zarafshan Golden Group” rahbari U.Payziev hamda “SHuhrat” futbol klubi rahbari A.Norqulovlar bosh-qosh bo'lishib, bir qator jonkuyarlar maydonni yaxshilash uchun xasharda faol qatnashishmoqda. SHuningdek Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi tomonidan “SHuhrat” jamoasiga yangi mavsum uchun libos va to'rlar sovg'a qilingan.

“SHuhrat” futbol klubi ushbu qilinayotgan beminnat yordamlari uchun “Navoiy Polimer servis” xususiy korxonasi, “Zarafshan Golden Group” va “Bunyodkor” futbol klubi rahbariyatiga o'z minnatdorchiligini bildiradi. Ushbu ezgu ishlardan so'ng “SHuhrat” o'yingohidan ajab emas kelajakda yana SH.Ishbo'taev, F.Qambarov, I.Kenjaboev hamda J.Jaloliddinovlarga o'xshagan futbolchilar etishib chiqsa.



SHaxboz G'ulomov.

Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика