So’nggi yangiliklar

14:10"Ливерпул"га Родриго қизиқ. "Реал" вингери трансфери Диас кетган тақдирдагина амалга ошади  0 13:20Аббос Файзуллаев ҳам "Истанбул Башакшеҳир"га трансфер қилинадими? Шомуродов бу саволга жавоб берди  8 13:05Суперлига-2025. Биринчи даврадаги энг яхши 10 та трансфер  0 12:25Месси 6 ўйинда 11 та гол уриб, МЛСнинг 7 йиллик рекордини ўрнатди  25 11:35Нкунку "Челси"ни тарк этади?!  2 11:07МЮ “Реал“ футболчига 90 миллион таклиф қилди  5 10:43“Реал Мадрид“ни трансфер ойнаси якунига қадар 4 нафар футболчи тарк этиши мумкин  16 10:20Жозе Моуринью “Арсенал“ ҳужумчисини “Фенербахче“га ўтишга кўндирди  1 09:51Биринчи даврани “Локомотив“да ўтказган ҳимоячи ОКМК йиғинига қўшилди  1 09:23МЮнинг асосий дарвозабони узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:54“Шўртан“ сардори Ҳиндистон жамоасига кўчиб ўтди  5 08:25Аббосбек Файзуллаев: “Краснодар“ билан ўйин менинг ЦСКАдаги охирги ўйиним бўлганми ёки йўқлигини ўзим ҳам билмайман“  11 07:58Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси фаолиятини Эронда давом эттириши мумкин  10 07:27Россия Суперкубогини қўлга киритган Файзуллаев учрашувдан сўнг нималар деди?  2 07:25“Андижон” польшалик ҳимоячи билан шартнома имзолади  6

"CHo'kayotgan kanonirlar" - "Arsenal"da eng ko'p maoshni kim oladi? Yangiliklar

"CHo'kayotgan kanonirlar" - "Arsenal"da eng ko'p maoshni kim oladi?

Angliya Premer-ligasida uchta tur ortda qoldi.

Ayni kunlarda "Tumanli Albion" haqida gap ketsa, "Arsenal"ga alohida to'xtalishga majbur bo'lyapmiz. Darhaqiqat, London klubining bugungi ahvoli nihoyatda achinarli. "To'pchilar" APLni tark etish uchun asosiy davogarlardan biri bo'lib turibdi. Klub mavsum oxirida CHempionshipga "cho'kib" ketsa ham, birov ajablanmaydi.

Ammo "Arsenal"ning  tarkibi, transfer va futbolchilarning maoshi uchun sarflanayotgan pullar jamoaning hozirgi o'rniga mutanosib emas. Londonliklar yozgi transfer oynasida barchadan ko'proq chiqim qilib, yangi nomlarni xarid qilishdi.

futbolchiyosh...dantransfer narxi
Ben Uayt 23"Brayton"£52.65m
Martin Edegor 22"Real"£31.50m
Aaron Remsdeyl 23"SHeffild"£25.20m
Takexiro Tomiyasu 22"Bolon"ya£16.74m
Alber-Mboyo Lokonga 21"Anderlext"£15.75m
Nunu Tavaresh 21"Benfika"£7.20m


"Arsenal" hujumchisi Per-Emerik Obameyang naqafat klubda, balki "Tumanli Albion"da ham eng ko'm maosh to'lanadigan futbolchilardan biri hisoblanadi haftasiga 350 ming funt sterling. Malumot uchun, yiliga 17 mln funtga yaqin maosh oladigan gabonlik forvard o'tgan mavsumda jamoa libosida 15 ta gol urdi xolos.

Transfer huquqi "Real"dan xarid qilingan Martin Edegor esa maoshining miqdori bo'yicha 4-o'rinda turadi."Arsenal" tarkibida faqat Obameyang, Parti va Lyakazett norvegiyalik yarim himoyachidan ko'proq ishlab topadi. (To'liq ro'yxat bilan quyida tanishing)

futbolchiampluayoshyillik maoshhaftalik maosh
Per-Emerik Obameyanghujumchi32£16,800,000£350,000
Tomas Partiyarim h.28£13,000,000£220,000
Aleksandr Lyakazetthujumchi30£9,360,000£180,000
Benrnd Lenodarvozabon29£5,200,000£100,000
Granit Jakayarim h.28£6,100,000£140,000
Ben Uaythimoyachi23£4,680,000£110,000
Alber-Mboyo Lokongayarim h.21£2,600,000£50,000
Kelum CHembershimoyachi25£2,600,000£50,000
Ensli Meyntlend-Naylzyarim h.23£1,820,000£35,000
Rob Xoldinghimoyachi24£1,300,000£25,000
Muhammad El-Nenniyarim h.29£2,500,000£50,000
Gabriel Martinellihujumchi20£1,700,000£30,000
Nikolya Pepehujumchi26£5,200,000£100,000
Bukayo Sakahujumchi19£1,670,000£30,000
Emil Smit-Rouyarim h.21£1,370,000£30,000
Kiran Tirnihimoyachi24£4,200,000£70,000
Gabriel Mangalyaeshimoyachi23£2,600,000£50,000
Martin Edegoryarim h.22£6,100,000£120,000
Aaron Remsdeyldarvozabon23£1,820,000£35,000

P.s. Venger faoliyatining oxirgi yillarida (jamoa kuchli uchlikda yurgan paytlar) natijadan qoniqmay, franciyalik mutaxassisning ketishi uchun namoyish o'tkazgan "Arsenal" muxlislari kech bo'lsa-da xatolarini anglab etishdi. Hozir o'sha voqealar haqida hujjatli film olinsa, fonga o'zbekcha musiqa qo'yilsa kerak:

Xo'rlayvermang, mening ham uvolim bor.

Bir kuni izimni izlab qolasiz

Qadrim o'tganida, ey holi abgor

Ortimdan mung'ayib yig'lab qolasiz:)

O'zbek futboli malikalari (1-qism)

Muallif :
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика