So’nggi yangiliklar

00:51Сарри Римга қайтишга яқин  1 00:21"Ал Ҳилол" Зиданга йилига 100+ млн евро таклиф қилганди. Мураббий эса...  2 23:10Раҳмоналиев экстра-таймларда майдонга тушган ўйинда "Сабаҳ" "Қорабоғ"ни енгиб, Озарбайжон кубоги соҳиби бўлди! Клуб Европа лигаси саралашида иштирок этади  0 22:50Баҳром Ҳайдаров: "Селекция ишлари ҳар бир жамоада мунтазам давом этади"  1 22:33Виталий Левченко: "Чемпионатда танаффус юзага келганида шу каби ўртоқлик ўйинлари жамоа учун фойдали бўлади"  1 22:05CAFA U-17 Championship 2025. Ўзбекистон 120 дақиқа давом этган финалда Тожикистонга аламли тарзда ютқазди  58 21:20Назорат учрашуви. "Нефтчи" Фарғонада "Қўқон-1912" билан дуранг ўйнади  2 20:55Ўзбекистон U-23 назорат ўйинида "Хоразм"ни мағлуб этди  1 20:22Бугун финал! УЕФА Чемпионлар Лигаси бош соврини кимга насиб қилади?  22 20:11ОФК вакиллари 2 юлдузли "Бунёдкор" академиясига қандай баҳо беришди?  2 20:00Холид Ал Данҳани: "Бор эътиборимиз Ўзбекистон билан ўйинга қаратилган"  3 18:50Ўзбекистон Кубоги финали олдидан: "Оил Стар" ва БМБ бош мураббийлари қандай фикр билдирди? (тўлиқ матбуот анжумани)  1 18:43"Реал" дарвозабони клубни тарк этишга яқин  1 18:10ҚПЛ. "Турон" меҳмонда "Улитау"га мағлуб бўлди, меҳмонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0 17:38"Атлетико" Фернандо Торрес билан шартномани узайтирди  0

CHipta savdosidan kim manfaatdor? Yangiliklar

CHipta savdosidan kim manfaatdor?

O'zbekiston – Eron uchrashuvi va uning atrofidagi voqealarni nashrimizda yoritish uchun ertalab Ulug'bek avtoshohbekatidan Samarqanddan Toshkentga yo'l olarkanman, u erda poytaxt sari otlanayotgan bir guruh futbol ishqibozlarini uchratdim.

Mamlakatimiz bayrog'ini qo'ltiqlab olgan ishqibozlar bilan suhbatga kirisharkanman, ularni ikki narsa qiziqtirardi: Kassada chipta bormikan? Ishqilib yutamizmi?

CHindanam, ushbu savollar birgina samarqandlik muxlislar emas, shu kuni viloyatlardan poytaxtga O'zbekiston milliy terma jamoasini qo'llab-quvvatlash maqsadida yo'l olayotgan minglab ishqibozlarni o'ylantirayotgan va qiziqtirayotgan masala edi.

Muxlislarning ikkinchi savoliga javob berish uchun o'yin yakunlanishini kutish kerak bo'lsa, birinchi savolga javobni izlash uchun 18:00 da boshlanadigan o'yinga qoq peshindayoq etib bordim.



CHIPTA BOZORI

O'zbekiston milliy terma jamoasining Jahon CHempionati uchinchi saralash bosqichi doirasidagi o'yinlari kuni Bunyodkor stadioni oldida chipta bozori paydo bo'lishi bugunning yoki kechaning gapi emas, 2013 yilda paydo bo'lgan muammodir. Eron bilan bahs oldidan ham odatdagidek, 6-7 soat oldin stadioning Mirzo Ulug'bek metro bekati yonida tumonat odam yig'ilgan, 20-30 nafarga yaqin chayqovchilar tobora ko'payayotgan xaridorlarga chiptalarni o'z narxidan 2-3 marta qimmat narxlarda pullash bilan ovora edi. Uzoq viloyatdan katta xarajat qilib, narxi osmon chiptalarni chetlab, o'yingoh kassasi oldiga borgan muxlis qarshisida Kassa yopiq, chipta yo'q yozuviga ko'zi tushardi.

KASSADA CHIPTA YO'Q, CHAYQOVCHILARDA DASTALAB CHIPTA BOR


Voqeani zimdan kuzatarkanman, stadion atrofidagi terma jamoamiz muxlislarining bu boradagi fikrlari bilan qiziqdim.

Terma jamoamizning muhim uchrashuvini tomosha qilish bahonasida dushanba kunidan Toshkentda mehmonman - deydi farg'onalik otaxon Abdulla hoji Po'latov.

Stadion kassalarida chipta sotuvi 3 oktyabr, dushanba kuni boshlandi. Kassa 3-4 soat davomida faoliyat yuritib, har bir kishiga 3-4 tadan ortiq chipta sotilmadi. Uzoq navbatda kutib ham chiptani o'z narxi 25 mingdan sotib ololmadik. Kassaga borganimizda esa, chipta umuman qolmaganligini aytishdi. CHayqovchilarni qo'lida esa, dastalab chiptalar bor. Mana bugun ko'rib turganingizdek, chiptani 65 mingdan sotib olishga majbur bo'ldik - deydi terma jamoamizning faxriy muxlisi.



JAVOBI YO'Q SAVOLLAR


SHu kuni mikrafonni qaysi muxlisga yo'naltirmang, barchasidan chipta muammosiga bog'liq javobni eshitishimiz aniq edi. Beixtiyor savol tug'iladi, bir necha yildan buyon hal bo'lmayotgan muammodan kim manfaatdor? CHiptalar masalasi bilan shug'ullanadigan O'FF qoshidagi Terma jamoalar markazimi yoki ularni sotish bilan shug'ullanadigan Bunyodkor stadioni kassasidagilarmi? Nega stadion atrofida chiptalar sotuvi uchun rasmiy kassalar tashkil etilgan-u, ular faqat bir kun va o'shanda ham 4-5 soat faoliyat olib borishi kerak? Axir, muhtasham stadionimiz va kassalar xalqqa xizmat qilishi uchun barpo etilmaganmidi?

Deylik, 34 ming tomoshabinni o'z bag'riga sig'dira oladigan stadiondagi o'yin uchun chiqarilgan chiptalarning 4 mingtasi homiy va tashkilotlar uchun ajratilsin, mayli stadion kassalari yarim kun ichida 10-15 ming dona chiptani o'z narxida sotgan deb hisoblaymiz. Qolgan chiptalar qanday qilib olib-sotarlar qo'liga tushmoqda? Nega muxlislar 25 ming so'mlik chiptani 60 ming so'mga sotib olishi kerak? O'yingoh atrofida o'zi pishirib kelgan somsani ming so'mdan sotish ilinjidagi somsapazni quvishni bilamiz-u, qo'lidagi pachkalab chiptalarga qo'shib, vijdonni ham pullayotgan noqonuniy chiptafurushlar bilan ishimiz yo'q. Minglab muxlislarni qiynayotgan va echimini kutayotgan bu muammoni kim o'z nazoratiga oladi?

ESKI MUAMMONING YANGI ECHIMI

...

maqolaning davomini "Erudit Sport" saytida o'qish mumkin.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика