So’nggi yangiliklar

19:14"Фенербахче" Де Брюйне учун курашга қўшилди  2 18:27Расман: "Интер" 25 млн евролик трансферни амалга оширди  2 17:56ПФЛ: Ўзбекистоннинг 17 та клуби ОФК лицензиясига эга чиқди  0 17:23"Жайхун" — "Локомотив". Таркиблар маълум  1 16:34Влахович фойдали таклиф сабаб А Серияни тарк этиши мумкин  0 16:08Леау Ла Лиганинг топ клубларидан бирига ўтиши мумкин  2 15:40Тер Штеген "Барселона"дан кетиши мумкин. Нега?  18 14:32Орзу йўлининг муваффақиятли якуни ёхуд ҳар қадамда тарихга кирган Кападзе   18 14:11"Реал" 39 ёшли футболчи билан шартнома имзолаши мумкин?!  4 13:40ЦСКА бош мураббийи клубдан кетишга яқин  6 13:12"Ньюкасл" "Манчестер Юнайтед"нинг собиқ вингерини харид қилиши мумкин  0 12:42Гвардиола Ямал ҳақида: "Афсусдаман, аммо Мессига ўхшаши бўлмайди. Бу имконсиз"  27 12:12Ўзбекистоннинг 17 клуби ОФК лицензиясини қўлга киритди, аммо...  0 11:41Жака Италия гранди сафига ўтиши мумкин  3 11:17Осимхен "Ал Ҳилол"га ўтмоқдами?  1

Chipta naqd, endi mundialgacha uxlab qolmaslik kerak Yangiliklar

Chipta naqd, endi mundialgacha uxlab qolmaslik kerak

Kechagi oqshomni futbolga bag'ishladim desam mubolag'a bo'lmaydi.

Superligadan boshlangan tomosha Saudiya orqali Evropa sari yo'l oldi. Barchasini eson-omon nihoyasiga etkazib, shuni payqadimki, uyqumni ham stadionda unutib qoldirgan ekanman. Vaqtni zoe ketkazmasdan film tomosha qilishni boshladim. U ham futbol haqida. Abbos Kiarostamining dadam tug'ilgan davrda suratga olgan "Futbol ishqibozi" filmi ijobiy taassurot qoldirdi. Tan olaman, film tufayli erta uyg'onishimga Jenisbek Piyazovdan balandroq ovozda kuylagan budilnik ham yordam bera olmadi.

Kartina syujeti taxminan shunday: Eronning Malayer shahridagi kambag'al oila farzandi futbol jinnisi edi, har kuni ko'cha changitib to'p tepardi. Maktabdagi o'qishi esa menikidan farq qilmagan va har yili imtihondan yiqilgan. U sevimli jamoasi "Persepolis"ning o'yinini tomosha qilish uchun Tehronga bormoqchi bo'ladi. Safar xarajatlari uchun esa hatto o'g'irlikka qo'l urib, shahar aholisini bir qancha usullar bilan chuv tushiradi.

Xullas, bolakay orzusi sari dadil qadam tashlab, Tehronga etib boradi, bor pulini sarflab bo'lsa-da, chiptafurushdan chipta sotib oladi va stadionga kiradi. Film "Shum bola" asari biroz yodga solib yuboradi. Chiptafurush voqeasining o'zi ham boshimizdagi xotira kartasidan hali o'chib ulgurmagan nimalarnidir eslatadi. 

Bilamizki, Eronda futbolga bo'lgan talab yuqori va tribunada joy taqchilligi yuzaga kelishi mumkin. O'yin boshlanishidan uch soat ilgari stadion hududiga kirgan bolakay qovjiratayogan quyosh nuri ostida vaqt o'tkazishni istamasdan salqinroq erda maysa ustida kutishga qaror qiladi va pinakka ketib qoladi. Uyqusidan uyg'ongan bola stadion tomon shoshib yuguradi va shuni ko'radiki, o'yin yakunlanib, tozalik xodimlaridan boshqa barcha stadionni tark etib ulgurgandi...

Filmga og'ib ketib, aytmoqchi bo'lgan fikrimdan biroz uzoqlashdim. Demoqchimanki, kecha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi jahon chempionati chiptasini qo'lga kiritdi. Har holda filmdagi bolakay singari uddaburon fitna usulida emas. Navqiron futbolchilar chinakam mehnati va mashaqqatli g'alabalari evaziga Tehronga emas, undan sal nariroqqa yo'l olishadi.

O'smirlarning ikki o'yini ikki xil taassurot qoldirgan bo'lishi mumkin. Birinchi o'yinda tailandlik futbolchining chetlatilishi tugal xulosa chiqarishga biroz to'sqinlik qildi. Ikkinchi o'yinda esa qondosh uyg'ur futbolchilari etakchiga aylangan xitoyliklar bazi kamchiliklarimizga ko'zgu tutib berishdi.

Raqamlar bilan boshingizni qotirmoqchi emasman, ziyrak "millionlar o'yini" ishqibozlari kechaning o'zidayoq statistikani kola qilib ichib yuborishgan.

Demoqchimanki, mundial chiptasiga ega bo'lgan ukalarimiz film qahramoniga o'xshab "uxlab qolishmasin". Ha, ular munosib etirof etilishga loyiq, biroq ularsiz ham normal o'tadigan tadbirlar, yana qandaydir uchrashuvlarga jalb etilmasligini, shuningdek, hali turnir yakunlanmasdan turib, mundial haqida shirin xayollar og'ushida bo'lmasligini istardim.

Birinchi vazifa bajarilgandir, ammo hali kepkalarni osmonga irg'itishga erta deb o'ylayman. Bu futbolchilar shunchaki jahon chempionati ishtirokchisi degan nom bilan qolib ketishi kerak emas. O'zbekistonliklarning nimalarga qodir ekanligini bir necha yosh katta bo'lgan akasi amalda namoyon etib berdi. Demak, bizning chegaramiz Qatarda tugab qolmasligi kerak. Mundialga esa Osiyo chempioni degan nom bilan borish o'zgacha fayz bag'ishlaydi.

Ha, ularning "uxlab qolmasligi" uchun bosh murabbiy ancha ter to'kishiga to'g'ri keladi. Umid qilamanki, Islom Ismoilov deganda, uning "Turon"dagi shov-shuvli intervyulari bilan emas, Osiyo kubogi va jahon chempionatidagi ijobiy natijalari bilan yodga olamiz. Futbolchilar qayd etgan natija esa jamiyat ijtimoiy hayotida siqimaslik haqida musiqiy maslahat berayotgan hamda noto'g'ri operaciya qilingan bloger murojaatidan keyingi uchinchi voqeaga aylanadi.


Oqil Abdubarnoev

Reyting: +2   

Fikrlar

+3   
07 apr 14:06:51
Акрамжон Халилов
Футбол учун жонини бериб ишлайдиган, ич ичидан жон куйдирадиган мураббий ва хизматчилар кўпайсин. Исмоилов ҳам шундай инсонлардан бири деб биламан.
   
07 apr 22:28:10
Dilshod Bozorboyev
Ismoilovni men 2020 yil soʻgʻdiyona va turon oʻyinidan keyin taniganman. Omadini bersin halol murabbiy, oʻz ishini ustasi. 17 yoshli yigitlarimizga ham Eldor va Abduqodirni yoʻlini bersin.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика