Laporta "Real"ning "Oltin to'p"ni boykot qilishi haqida: "Sportda yutqazishni ham bilish kerak"
23 sen 2025 20:54
Yangiliklar
Laporta "Real"ning "Oltin to'p"ni boykot qilishi haqida: "Sportda yutqazishni ham bilish kerak"
Kecha "Oltin to'p" marosimi o'tkazildi.
"Barselona" prezidenti Joan Laporta "Real"ning "Oltin to'p"ni boykot qilishi haqida fikr bildirdi.
"Real Madrid" o'tgan yilgidek, Parijdagi marosimga kelmadi. O'shanda "Oltin to'p" Vinisius Juniorga berilmasligi marosim kuni malum bo'lgandi. Bu yilgi mukofotni PSJ futbolchisi Usman Dembele qo'lga kiritdi.
- "Real"ning bu poziciyasi haqida nima deysiz?
- Ular xohlagan narsasini qilaverishsin. Biz "Barselona" haqida qayg'uramiz. Mukofotga nomzodlar va tashkilotchilarga hurmat yuzasidan marosimlarda qatnashamiz.
Biz sportni shunday tushunamiz. G'alaba qozonish ham, mag'lubiyatga uchrash ham mumkin. Yutqazishni bilish kerak. Baxtimizga, ko'p g'alaba qozonib, kam mag'lubiyatga uchrayapmiz, - dedi "Barsa" prezidenti Laporta.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar