"China Cup-2019". Xitoy yarim finalda Tailandga kichik hisobda mag'lub bo'ldi
21 mar 2019 19:17
Yangiliklar


"China Cup-2019". Xitoy yarim finalda Tailandga kichik hisobda mag'lub bo'ldi
Bugun Xitoyning Nanning shahrida "China Cup-2019" xalqaro musobaqasi start oldi.
Dastlabki yarim final bahsida musobaqa mezboni Xitoy terma jamoasi Tailandga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuv Tailand terma jamoasining kichik hisobdagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Yagona golga o'yinning 33-daqiqasida CHanatip Songkrasin mualliflik qildi.Ertaga musobaqaning ikkinchi yarim finalida O'zbekiston milliy terma jamoasi Urugvayga qarshi bahs olib boradi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 16:35da boshlanadi.
"China Cup-2019", 1/2 final.
Nanning, "Guanxi Sports Centre" stadioni.
Xitoy - Tailand 0:1
Gol: CH.Songrasin
O’xshash yangiliklar
17:32
Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi AQSHda yoxud "Navruz Cup-2025" musobaqasi haqida 2

Fikrlar