So’nggi yangiliklar

20:05"Реал"нинг яна икки футболчиси жароҳат олди  0 19:55ЎФА президенти Абдусалом Азизов Ўзбекистон терма жамоаси билан учрашди  1 19:37Дешам: "Килиан Мбаппе робот ёки супермен эмас"  1 19:14Жоан Лапорта: "Флик баҳона изламайди ва бор имкониятидан максимал фойдаланишга уринади"  2 18:50Куман Бергвейннинг "Ал Иттиҳод"га трансфери ҳақида: "26 ёшда пул — асосий мақсадингиз бўлмаслиги керак"  2 18:29Ўзбекистон терма жамоасининг иккинчи кун машғулотлари — Шомуродов, Турғунбоев ва Ҳусанов Тошкентда  4 17:36Пеп Гвардиола: "Роналдо ва Роналдиньо каби футболчиларни бошқа кўрмадим"  9 16:54Тарихда шу кун. Гейнрихнинг омадли қайтиши, Шомуродовнинг дебют ўйини, ёхуд Ўзбекистон – Яман 1:0  7 16:49"Барселона" ярим ҳимоячиси жароҳат сабаб 3-4 ҳафтага сафдан чиқди  0 16:22"Манчестер Юнайтед" бош директори: "Эрик тен Хаг бизга мос мураббий"  10 15:36АПЛдан Саудия Арабистони томон навбатдаги трансфер ҳал бўлди  0 14:59ЖЧ-2026 саралаши. Ироқ терма жамоаси таркиби эълон қилинди — рўйхатда А Сериядан ҳам вакил бор  1 14:10ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон — КХДР учрашувини ким бошқариб бориши ёдингиздами?  12 13:41"Ливерпуль" собиқ футболчиси АПЛга қайтишга яқин  2 12:50"Бенфика" Туркия терма жамоаси етакчиларидан бирини сотиб олди  2

CHimkentda Aleksandr Geynrix bilan Selfi-4 va... Yangiliklar

CHimkentda Aleksandr Geynrix bilan Selfi-4 va...

Kuni kecha Qozog'iston chempionatining so'nggi tur uchrashuvi bo'lib o'tdi. Aleksandr Geynrix to'p tepayotgan "Ordabasi" jamoasi qatorasiga to'rtinchi mavsum, to'rtinchi o'rinni egalladi.

Qozog'iston chempionatining biznikidan ustun va qiziq bo'lgan asosiy tomoni, u erda 12ta jamoa Premer ligada ishtirok etadi. Ikki davradan so'ng 6ta yuqoridagi klub alohida, quyidagi 6tasi alohida yana ikki davra o'zaro kuch sinashadilar. SHuning uchun hech bo'lmasa muxlislar kuchlilar ligasi ishtirokidagi o'yinlarni intiqlik bilan kutadilar. Meni o'zim ham so'nggi ikki oy Qozog'iston chempionatini kuzatib bordim. Afsuski, "Okjetpes" bilan bo'lib o'tgan o'yinda chimkentliklar 3:0 hisobida imkoniyatni boy berib, bronza uchun kurashdan chiqdilar. To'g'ri, amalda imkoniyat bor edi. Ammo "Lokomotiv" (Ostona) qoldirilgan tur o'yinida "Okjetpes"dan ochko olgach, muddatidan avval chempionlikni qo'lga kiritib bo'lgan edi. SHuning uchun "Irtish" bilan safarda bo'lib o'tadigan "kerakmas" bo'lgan o'yinda ularning ochko yo'qotishlarini futbol jamoatchiligi bilar edi. Amalda shunday bo'ldi ham. O'yinda "Lokomotiv" asosiy tarkibning bir qator futbolchilarini maydonga tushirmadi. Qo'lga kiritilgan bir ochko "Irtish"ga 1 ochko farqi bilan uchinchi o'rinni taqdim etdi. Agar jamoa mag'lubiyaga uchraganida, o'zaro o'yinlar natijasiga ko'ra "Ordabasi" uchinchi o'rinni qo'lga kiritgan bo'lardi. Turdan oldin faqat bir narsa malum emasdi. "Qayrat" - "Okjetpes" uchrashuvida maydon egalari mag'lubiyatga uchraydigan bo'lsalar, o'zaro o'yin natijasiga ko'ra "Okjetpes" 48 ochko bilan to'rtinchi o'rinni egallardi. Lekin Olma-otaliklar raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmadilar, 5:0.

Keling, endi etiborimizni o'yin oldi, o'yin va o'yindan keyingi holatlarga qaratamiz.

Stadionga o'yin boshlanishiga uch soat vaqt qolganida keldik. Ancha erta edi. Bizdan farqli ravishda u erda stadion atrofida bemalol yuraverasiz. CHiptani faqatgina tribunaga kirayotganingizda tekshiriladi. Ungacha bo'lgan masofani chiptasiz bosib o'tasiz. Birov sizga, "ket bu erdan, hali o'yin boshlanishiga ancha bor" demaydi. Stadion chimkentliklarning afsonasi, kurash bo'yicha polvon, Xojimuxon nomiga berilgan. 


SHanba va yakshanba kunlari stadion atrofida yarmarka bo'ladi. U erda vatandoshlarimiz tomonidan etishtirilgan dehqonchilik maxsulotlari eng xaridorgirlaridan sanaladi. 


Biz kabi o'yinga ancha erta kelib qolganlar uchun sayilgoh bo'lib, do'stlaringiz bilan suhbatlashib vaqt o'tkazishingiz mumkin. Qisqasi, muxlis uchun kerakli bo'lgan eng muhim jihatlar muhayyo qilingan. Stadion ichiga biron egulikni olib kirishda Sizda hech qanday muammo yo'q. Faqat baklajkangizni hajmidan qatiy nazar "probkasi" yo'q bo'lishi kerak. Muxlis va futbolchi o'rtasida hech qanday to'siq yo'q. Bu masuliyatni muxlis his etadi. 


Klub matbuot xizmati esa so'nggi turni Geynrixga bag'ishladi. Uchrashuv anonsi va dasturchasida hamyurtimizning suratlari aks etgan edi.

Garchand, chempionat UEFA bayrog'i ostida o'tsa-da, bu erdagi barcha ishlarni professional deb bo'lmaydi. Masalan, Siz boshqa davlatdan kelib, o'zingizning chempionatingizda berilgan akkreditaciya bilan ham stadionga kirib ketaverasiz. Faqat jamoa matbuot xizmatini ogohlantirib qo'ysangiz bo'ldi. Kiraverishda, Sizni ichki ishlar xodimlari emas, klub tomonidan tayinlangan tekshiruvchilar nazoratdan o'tkazadilar. CHipta narxi qimmat emas, 300 tange, bizning so'mda 6000 bo'ladi. Umuman olganda, CHimkentga borib kelish bunchalik arzon deb o'ylamagan edi. Masalan, Toshkent - CHimkent yo'nalishi bir kishiga 20 000 so'mga tushadi. Istasangiz 10 000 so'mdan marshrutlar bor. Eb-ichish bizniki bilan bir xilda. O'yinni tejalga holatda ko'rib kelaman desangiz 40 ming so'm ham etadi. 


Ko'p yillar davomida "Sport TV"da faoliyat olib borgan To'lqin Bakirxo'jaev ayni paytda CHimkentda faoliyat olib borayapti. U ham barchangizga o'z salomini yo'lladi.

Xullasi, o'yin boshlanishiga oz qoldi... Stadionga, "Ordabasi"ning "Maykl Bafferi" chiqib kelar ekan, muxlislar bilan salomlashgach, qaysi qo'shiqni istashlarini so'radi. Futbolchilar chigal yozdi mashg'ulotlarini yakunlab echinish xonasiga kirib ketishar ekan. Geynrix bilan ko'rishdik. Salom-alikdan so'ng, "telefon tayyormi", deb jilmayib qo'ydi. Maqsad ham aslida shu edi :) . 

 


Boshlovchining libosiga ahamiyat bering. Unda 2001 yilda tavallud topgan Abdullohning surati. Saraton kasalligining eng so'nggi bosqichini o'z boshidan o'tkazayotgan bu bolakayning ahvoliga hozir havas qilib bo'lmaydi. Avvalgi o'yinda unga 500 000 tange (1500 AQSH dollari) yig'ib berishgan ekan. Bu o'yinda ham akciya davom etdi. O'yin davomida "Ordabasi" fotomuxbiri Asker bilan tanishdim. Uni aytishicha, Abdulloh "Ordabasi" futbol maktabi tarbiyalanuvchisi, afsuski u og'ir kasallik tufayli hozir hayot bilan kurash olib borayapti. SHuning uchun jamoa o'z "farzandi"ga beetibor emas.


Barcha futbolchilarning egnida Abdullohni qo'llab - quvvatlab turuvchi futbolka. 


SHu kuni jamoani, Qozog'iston futbolining afsonasi, Samat Smakov sardor sifatida maydonga boshlab tushdi. Mirjalol Qosimov o'zbek futbolining tarixida qanday ahamiyat kasb etsa, Smakov qozoq futbolining shunday afsonasi. 38 yoshni qarshi olayotgan futbolchi, 1997 yilda faoliyatini boshlagan. MTJ safida eng ko'p maydonga tushgan futbolchi, to'rt marotaba mamlakatning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan. Olti karra Qozog'iston chempioni. 2011/12 yilgi mavsumda Turkiya birinchi ligasining eng yaxshi himoyachisiga beriladigan unvonni qo'lga kiritgandi. 


Aksar chempionatlar kabi, Qozog'istonda ham tur o'yinlari davlat madhiyasini aytish bilan boshlanadi. Bizda ham shu tajribani qo'llasak yomon bo'lmas edi. Yana Qozog'iston chempionatida, men 5 yildan beri bosh mavzu sifatida ko'taradiganim, boshlang'ich tarkibda 22 yoshga to'lmagan futbolchi maydonga tushishga majbur.


Bu esa chimkentlik muxlislar. Tepadagi 13 raqami, CHimkent ulovlari uchun berilgan 13 raqamidan olingan (Toshkent 01, Toshkent viloyati 10, Samarqand 30...).


O'yinda tezkor gol kiritildi. "Aktobe" matbuot kotibini aytishicha, bu jamoa tarixidan o'rin oladigan uchrashuv. Ilk marotaba asosiy tarkibda jamoa akademiyasining 5 nafar tarbiyalanuvchisi bir vaqtda maydonga tushdi. 47-raqamdagi Aslanbek Kakimov "Ordabasi" darvozabonining xatosidan unumli foydalanib hisobni ochdi va uni Ronaldu uslubida nishonladi.


Geynrixning jamoadoshi Otar Marcvaladze 2006 yildan beri Gruziya terma jamoasi sharafini himoya qilib keladi. Asosiy tarkib futbolchisi bo'lmasada, doimiy ravishda kengaytirilgan ro'yxatdan joy olib kelgan. Trofimec shu kuni o'z postini juda ham ishonchli qo'riqlay oldi. Geynrixning o'zida 3ta zo'r imkoniyat bo'ldi. Ularning ikkitasida debyutant darvozabon seyv amalga oshirgan bo'lsa, birinchi penaltida Sasha to'pni ancha balandga tepib yubordi.


Tungishbaev tomonidan ishlangan penaltini 37-daqiqada Geynrix amalga oshira olmadi. Telefonim esa selfi uchun tayyor holatda turgandi. Afsuski gol bo'lmadi. Bu aybini "Gena" (Qozog'istonda uni shunday atashadi) 39-daqiqada "16" oldida jarima zarbasini ishlash bilan yuvdi. To'labek jarima zarbasidan so'ng gol urib hisobni tenglashtirdi.


Geynrixning qozog'istonlik va Qozog'istonga tashrif buyuradigan futbolchilardan ajratib ko'rsatib turadigan tomoni, uni "o'zbekcha" texnikasi. Qozog'istonda futbol asosan jismoniy tayyorgarlikka qaratiladi. Buni o'yin davomida ham o'zim bir necha marotaba ko'rdim. Geynrixning o'zi bahs davomida golga tortishi mumkin bo'lgan nuqtadan 4 marotaba jarima zarbasini ishladi. SHulardan biri gol bilan yakunlandi. Bu o'yinda Geynrix gol uradigan bo'lsa, ikkinchi bosqich to'purari bo'lardi. 


SHunday bo'ldi ham. Uchrashuvning 88-daqiqasida "Aktobe" darvozasi tomon belgilangan penaltidan Geynrix gol urdi. Ikkinchi penaltini ham Tungishbaev ishladi. Bu safar Sasha penalti tepmasligini aytdi. Lekin jamoadoshlarini to'pni olib uni oldiga kelishdi-da, unga o'ziga ishonishi kerakligini aytishdi. To'g'risi, uning klubda tutgan o'rnini ko'rib, mazkur o'yinga kelganimga hech ham afsuslanmadim. Uchrashuvdan keyin "Ordabasi" futbolchilarining mavsum yakuniga bag'ishlagan bayram dasturxoni bo'lib o'tdi. Unga Geynrix meni ham taklif qilgandi. SHunda Smakov bir gapni aytdi, "biz avvalo insonmiz, futbol o'z yo'liga. Ko'cha kuyda bir-birimizni ko'rganda, shunchaki qo'l berib emas, chin dildan ko'rishaylik. O'tgan bir mavsumda biz bir oila bo'la oldik. Menimcha, biz bir oilamiz! Men Sizlar bilan bir jamoada to'p tepganimdan xursandman"... Qozog'istondagi futbolchilar uchun bu aytilgan gap juda katta ahamiyat kasb etishini his qilish qiyin emasdi. 

Qisqasi men kutgan gol bo'ldi! Odatga ko'ra, golni nishonlab bo'lgach Geynrix oldimga keldi va...


Selfi-1: O'zbekiston - KXDR 3:1. Selfi-2: O'zbekiston - Filippin 1:0. Selfi-3: O'zbekiston - Suriya 1:0. Selfi-4. "Ordabasi" - "Aktobe" 2:1.

Juda ham istardim-ki, 2017 yilning 5 senyatbr kuni O'zbekiston - Janubiy Koreya uchrashuvi yakunida "Salom, JCH-2018" libosida selfiga tushishni.

 

Bu esa saytimizning CHimkentdagi o'quvchilari! Ulardan, O'zbekistonga alangalik salom!


Uchrashuv yakuniga etganida so'ng Geynrix "Aktobe" muxlislarining ham oldiga borib, ularga o'z minnatdorchiligini bildirib o'tdi. O'yin davomida aktobeliklar ham uni qo'llab - quvvatlab turishgandi.

Uchrashuv yakuniga etdi. Legioner futbolchilar o'yinning ertasiga o'z istagan manzilga ketishga ruxsat olgan. Aksar qozog'istonlik futbolchilar ham boshqa shahardan. Uzoq davom etgan mavsumdan keyin barcha oilasini sog'ingan. SHuning uchun, xayrlashuv dasturxoni yozildi. Mehmonxonada yotibman, Geynrixdan qo'ng'iroq bo'layapti, "pastda ko'rishamiz"!

Ko'p o'tmay Geynrix keldi, yo'q deyishimga qaramay, "Ordabasi"ning bayram dasturxoniga olib ketdi. Bu naraslarni maqtanish uchun yozmayapman, sal o'tib mag'zini o'zingiz chaqib olasiz. Kafega kirdik, u erda faqat jamoa azolari bor edi. Geynrix bir zumga hammani to'xtatdi:

- Hurmatli jamoadoshlar, bu O'zbekistondan tashrif buyurgan jurnalist, Sizlar ko'radigan selfini u bilan amalga oshiramiz! Meni hurmat qilib o'yinga keldi, Siz uchun men qanday yaqin kishi bo'lsam, uni ham shunday ko'ring! 

SHu tarzda "Ordabasi"ning barcha futbolchilari bilan tanishib chiqdim. Barchasi samimiy edi. Samat Smakov bilan ham ancha suhbatlashdik. Almat Bekbaev "Andijon"dagi faoliyatini esladi. Oshni sog'inganligini aytdi. Yodingizda bo'lsa, "Lokomotiv" - "SHo'rtan" o'yinida gol urgan Timur Kapadze uni "skripka chalib" nishonlagan edi. Buni u "Aktobe"dagi sobiq jamoadoshi Almat Bekbaevga bag'ishlagandi. "Kopadze gol urgach menga bag'ishlagandi. SHuning uchun saytingiz haqida bilaman", - deydi Bekbaev. 

Payti kelib Geynrix bilan gaplashib qoldim va aytdim: - Biri kecha bizni izza qildi, ikkinchisi bugun ko'kka ko'tardi, O'zbekiston OAViga bergan bahoing uchun Sizga rahmat! 

U gap nima haqida ketayotganligini tushundi va O'zbekistondagi OAV boshqalardan kam emasligini yana bir bor takidlab o'tdi.

Biz nima uchun erga urib yubormaymiz futbolimizni? Bizda mintalitet boshqa. Biz birovni dilini og'ritgimiz kelmaydi. Bizda yaxshi jurnalistlar juda ko'p, juda. Raqobatchi saytlarda ham, boshqalarda ham, gazeta va TVlarda ham. Ayrim futbolchilar chekib, sovuq qishni issiq o'lkalarda o'tkazayotgan paytida, bu erda jurnalist qor qalin yog'masinda, farzandim sovuqda qoladi degan fikr bilan yuradi. Kuni kecha rossiyalik mashhur agent, Oleg Malejik (bu haqda keyin o'qiysiya, muallif) ofisimizga tashrif buyurdi. "To'g'risi bunday sharoitni ko'raman deb o'ylamagan edim, nafaqat saytingiz balki futbolingizning strukturasiga yuqori baho beraman", - deya savol bilan murojaat qildi. 

- Sizlarda juda ko'p jurnalistlar yosh ekan-mi?

Uning savoliga, Ulug'bek Mirzaev kulib javob berdi. 

- Bizda futbol OAVida nari borsa 25/30 yoshgacha ishlaysiz, keyin oila boqish uchun boshqa sohani tanlaysiz. 

Juda to'g'ri javob edi. Bugunda juda ko'pchilik hamkasblarim juranlistikadagi faoliyatlarini mablag' tufayli tugatdilar. Lekin bu ularni jurnalist emas degani emas. Kimdir blog yozadi, kimdir chiqish qiladi. Lekin futbolda to'liq ishlay desa, o'zingiz bilasiz. Agar bizning OAVda futbolchilarga yaratiligan sharoitni hech bo'lmasa, o'ndan biri bo'lganida edi, Vitya... 

Boshida men ham qizishib ketdim. Ikki kun vaqt o'tdi, yuqoridagi gaplarimni, Denisov foydasiga fikr qoldirgan muxlislar uchun qisqacha bizning holatimiz haqida aytib o'tgim keldi xolos. Bizning OAV nima uchun mablag'siz qolayapti bilasizmi? CHunki homiy tashkilotlarga o'zbek futbolining qizig'i bo'lmayapti. Ular o'z maxsulotlarini shou biznes orqali reklama qilishni maqul ko'rishayapti. SHuning uchun ham mablag' yo'q. Hozir OAVda ishlayotganlarning barchasi, aslida Siz uchun ishlayaptilar. Ularning birontasi "lasetti" haydab, yozni oromgohda, qishni Dubay yoki Taylandda o'tkazmaydilar. 


Nodirxo'ja Yuldashev

Toshkent - CHimkent - Toshkent

Reyting: +58   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика