Chilavert: "Mbappe Janubiy Amerikada o'rta darajadagi futbolchi bo'lardi"

Mirjalol Normatov
18 iyun 2023, 16:35
Paragvay termasi sobiq futbolchisi Xose Luis Chilavert PSJ va Fransiya termasi forvardi Kilian Mbappe haqida gapirdi.

Oldinroq fransiyalik futbolchi Janubiy Amerika qitasida futbolning rivojlanishi sekinlashgani sababli yevropaliklar xalqaro miqyosda ko'plab sovrinlarni yutayotganini aytgandi.

"Uni gapini qarang, nima bizda yomon futbol u erlarda yaxshi futbol o'ynalar ekan. Uning La-Pasdagi qanday yugurib yurganini yoki Braziliyada mehmon o'yinida qatnashishini bajonidil kuzatgan bo'lardim.

U bu yerda o'rta darajadagi futbolchi bo'lardi. Ha, uning tezligi bor, biroq bizdagilar tezligi yuqori futbolchilarni istalgancha nazorat qila olishadi. Agarda biror himoyachini biriktirib qo'ysak, unga nafas olishga imkoniyat berishmaydi", - dedi Chilavert.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Ole