So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

“CHig'atoy”da Pro-liga hakamlari uchun seminar bo'lib o'tmoqda Yangiliklar

“CHig'atoy”da Pro-liga hakamlari uchun seminar bo'lib o'tmoqda

Toshkent shahridagi “CHig'atoy” sport bazasida yangi tashkil etilgan Pro-liga hakamlari uchun o'quv-mashg'ulot yig'ini bo'lib o'tmoqda.

Jami 35 nafar referi va referi assistentlariga yo'riqchilar Baxtiyor Namozov, Aleksandr Popov, Vladislav Ceytlin, Arslon Xotamov va Marat Ismoilovlar tomonidan amaliy va nazariy mashg'ulotlar o'tkazilmoqda.

Hakamlar haqida gap ketganda, O'FF hamda PFL tomonidan hayotga tadbiq etilayotgan islohotlarni alohida takidlash kerak. Jumladan, asosiy etibor hakamlik va nazoratchilik geografiyasini kengaytirgan holda, chekka hududlarda shug'ullanayotgan, faqat mahalliy musobaqalar bilan kifoyalanib qolayotganlarni ham rasmiy tadbirlarga jalb etishga  qaratilmoqda.

Qolaversa, amaliy va nazariy sinovlarning dastlabki talablarini bajara olmagan hakamlarga yana qulaylik yaratish maqsadida o'zi ustida ishlashga, talablarni qaytadan topshirishga va yakunda hakamlar qatoridan joy olishiga imkoniyat yaratilmoqda.

O'FF Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi boshlig'i Mamur Saidqosimovning aytishicha, dekabr oyida o'tkazilgan dastlabki yig'in natijasiga ko'ra buxorolik Abdurahmon Qo'ldoshev (yordamchi hakam) sinovlardan o'ta olmagan.

U qisqa masofa – 30 m.ga yugurish talabini bajara olmagan. Qo'ldoshevga 15 yanvar kungi yig'in paytida yana imkoniyat berildi, biroq u bu safar ham belgilangan talabni bajara olmadi - interval testni (75x25) bajara olmadi, natijada 2018 yilgi o'yinlarda ishtirok eta olmaydigan bo'ldi. 15 yanvarda boshlangan ikkinchi yig'in paytda toshkentlik Dmitriy Pislegin (bosh hakam) va farg'onalik Qahramon Sobirov (yordamchi hakam) ham interval testni (75x25) bajara olmadilar.


Pislegin jismoniy tayyorsizligini oyog'idagi jarohat bilan bog'ladi. U ayni paytda Ozarbayjonda davolanmoqda, shifo topib, yana o'z ustida jiddiy shug'ullanishnim maqsad qilmoqda. Pislegin, xabaringiz bor, FIFA assistenti hisoblanadi, 2017 yilda OFK Kubogi hamda OCHLning ikkita uchrashuvida zaxira hakami sifatida faoliyat yuritgan. Ayni paytda OFKning rasmiy o'yinlariga ham taklif etiluvchilar ro'yxatida turibdi. Endi Pisleginning ham, Sobirovning ham ikkinchi marotaba sinovlarda ishtirok etishi va talabni bajara olgan taqdirda musobaqalarga ruxsat olishi uchun Hakamlar va nazoratchilar qo'mitasi maxsus xayatining qarori kerak bo'ladi.

15 dekabrdagi sinovlardan o'ta olmagan yana bir hakam – andijonlik Anvar Marajabov esa 15 yanvarda qayta “imtihon” topshirdi va sinovlardan muvaffaqiyatli o'tib, yangi mavsum hakamlari qatoridan joy oldi.

Mamur Saidqosimovning takidlashicha, o'tgan yillar mobaynida quyi ligalarda faoliyat yuritib kelgan besh nafar yosh hakamlarga bu yil Superliga uchrashuvlarida ishtirok etish imkoniyati berilmoqda. Bular – farg'onalik Olimjon To'ychiboev, qashqadaryolik Firdavs Norsafarov, toshkentlik Akobirxo'ja SHukurullaev, Jasur Muxtorov va Asker Najafaliev. Bularning orasida birgina To'ychiboev 2017 yilgi mavsumda Oliy liganing bitta uchrashuvida maydonga tushgan xolos, qolganlarida bunday imkoniyat endi yaratilmoqda.

Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasining ish rejasida kelgusida hakamlikni hududlarda guruh holatida (misol uchun, andijonliklar guruhida bosh hakam ham, qanot hakamlari ham andijonliklar bo'lishi lozim) tashkil etish belgilangan. Amaliy ishlarga esa allaqachon kirishilgan.

Toshkentda boshlangan yig'inda ishtirok etayotgan hakamlar:

Referilar

Dmitriy Pislegin (Toshkent sh.)
Dauletbay Jalimov (Toshkent viloyati)
Farrux Yansupov (Toshkent sh.)
Komiljon Rasulov (Qashqadaryo)
Dilshod Karimov (Toshkent sh.)
SHuhrat Rejabov (Buxoro)
G'ayrat Jo'raev (Namangan)
Sultonmurod Abdurahmonov (Toshkent sh.)
Farruh Yo'ldoshev (Toshkent sh.)

Referi assistentlari

Anvar Marajabov (Andijon)
Abdurahmon Qo'ldoshev (Buxoro)
Server Eremeev (Toshkent sh.)
Nikita Afinogenov (Toshkent sh.)
Rinat Nugmanov (Toshkent sh.)
Hasan Nabiev (Toshkent sh.)
Avaz Abdullaev (Toshkent sh.)
Ibrohim Jo'raev (Toshkent viloyati)
Husan Xudoyberdiev Toshkent viloyati
Vladlen Lushin (Sirdaryo)
SHohnur Yo'ldoshev (Sirdaryo)
Zufar Eliboev (Qashqadaryo)
Suhrob Sattorov (Qashqadaryo)
SHavkat Raxmatov (Buxoro)
Akmal G'iyosov (Buxoro)
Islomjon Nosirov (Namangan)
Maksam Nexochin (Namangan)
Mirmaqsud Karimov (Toshkent sh.)
Sanjar Nazarov (Toshkent sh.)
SHohruh Erkinov (Toshkent sh.)
Ravshan Kapadze (Farg'ona)
SHoxruhbek Azamov (Farg'ona)
Qahramon Sobirov (Farg'ona)
Eldor Tursunov (Namangan)
Husnitdin Bahodirov (Toshkent sh.)
Husnitdin SHodmonov (Namangan)

Hakamlarning navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlari 22-26 yanvar, 29 yanvar – 2 fevral kunlariga belgilangan. 10-20 fevral kunlari yig'in Turkiyaning Antaliya shahrida tashkillashtiriladi. 22-25 fevral kunlari shuningdek, ayol hakamlar uchun yig'in uyushtiriladi. Hakamlar nazoratchilari uchun yig'in esa 26-28 fevralga rejalashtirilgan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика