Chicharito "Real"ga gol ursa nishonlaydimi?

Mirjalol Normatov
22 sen 2019, 18:56
"Sevilya" hujumchisi Xaver Ernandes "Real"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Agarda gol ursam nishonlayman, albatta. Urilgan gol futbolchiga quvonch beradi. "Real" - katta hurmatga loyiq klub. Men ham bu erga bog'langan odamman va ulardan minnatdorman.

Ramos? Balki maydonga tushsam, u bilan yuzma yuz o'ynirman. U ayni damda ham dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biri. Unga qarshi o'ynash juda qiyin.

"Real"dan Lukas Vaskes bilan gaplashib turaman. Ha, u mendan anchagina keyin jamoaga kelgan. Biroq u juda yaxshi inson", - dedi Chicharito.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express