Chicharito APLga qaytishi mumkin

Tolibjon Qosimov
3 iyul 2017, 20:46
"Vest Xem" "Bayer" hujumchisi Xaver Ernandesga qiziqish bildirmoqda.

London klubi Chicharitoning o'tishi borasida muzokara olib borishga ulgurdi. Futbolchining shartnomasida 13 million evro tovon puli ko'rsatilgan.

"Vest Xem" ushbu yozda kamida bitta hujumchi sotib olmoqchi. Chicharitoda APLda o'ynash tajribasi bor, u avval MYU tarkibida to'p tepgan.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: AS