CHeslav Mixnevich Polsha terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
31 jan 2022 21:42
Yangiliklar
CHeslav Mixnevich Polsha terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
Polsha futbol ittifoqi prezidenti Cezariy Kuleshaning aytishicha, "Legiya" klubining sobiq bosh murabbiyi CHeslav Mixnevich Polsha terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlayndi.
51 yoshli murabbiy bilan 2022 yil oxirigacha mo'ljallangan shartnoma tuzilgan hamda bitimni uzaytirish imkoniyatini mavjud.
"Men CHeslav Mixnievichni Polsha terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlashga qaror qildim", - deb yozdi Kulesha Tvitter sahifasida. "O'ylaymanki, bu jamoamiz oldida turgan mashaqqatli o'yinlar oldidan eng yaxshi tanlovdir".
"Legiya"dan tashqari, Mixnevich Polsha yoshlar terma jamoasiga, shuningdek, mamlakatning bir qator klublariga, jumladan, "Lex", "Zaglembe", "Arka", Vidzev", "Yagelloniya", "Poloniya", "Podbeskidze", "Pogon" va "Teramlica"ga murabbiylik qilgan. Murabbiy sifatida u ikki marta Polsha chempionligini qo'lga kiritgan.
Fikrlar