CHeng Yung SHen: "So'nggi soniyalarda gol o'tkazib yuborish alamli"
15 fev 2016 21:15
Yangiliklar
CHeng Yung SHen: "So'nggi soniyalarda gol o'tkazib yuborish alamli"
Xitoy Taypei hamda Tojikiston terma jamoalari o'rtasidagi bahsdan so'ng, taypeyliklar bosh murabbiyi CHeng Yung SHen ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
CHeng Yung SHen (Xitoy Taypei bosh murabbiyi): "Birinchi bo'limda futbolchilarim yaxshi o'ynashdi, ikkinchi bo'limda haqida bunday deya olmayman. Raqib bizga qarshi munosib harakat qildi va o'yinning ikkinchi qismida bizdan yaxshi harakat qilishdi.
Ushbu Osiyo chempionati tashkilotchiligi haqida nima deyish mumkin, birinchidan maydonlar bir biriga juda yaqin ekan. Bu juda qulay. Ikkinchidan sharoitlardan mamnunman, ammo futbolchilarim bizga berilgan ovqatlarga ko'nika olmadi.
Xitoy Taypeida hozir yaxshi avlod o'sib kelmoqda. Kelajakda ular mamlakat sharafini munosib himoya qiladi deb o'ylayman.
So'nggi soniyalarda gol o'tkazib yuborish alamli, ammo mag'lubiyatga uchramaganimiz yaxshi bo'ldi".
Fikrlar