So’nggi yangiliklar

08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  5 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  14 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  1 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  1 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  3 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  3 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  5 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  15 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  2 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  11 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  22 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  24

CHempionlik yo'lakchasidan yurishga majbur etadigan fantastik muxlislarga ega - "Navbahor" o'z uyiga qaytdi Yangiliklar

CHempionlik yo'lakchasidan yurishga majbur etadigan fantastik muxlislarga ega - "Navbahor" o'z uyiga qaytdi

Allaqachon boshlangan Superliga o'yinlari bugun Namanganda tom manoda qaytadan boshlandi.

Ha, Namanganda bugun futbol bahori qaytdi. Bunday deyayotganimizga sabab, jamoaning stadionining maydoni yangilangani bois "Navbahor" mavsumning dastlabki qismidagi o'yinlarini mehmonda o'tkazib turishiga to'g'ri kelgandi. Malum muddat Farg'ona va Toshkentdagi stadionlar ular uchun ijaradagi uy o'yingohiga aylanib turdi. Namangandagi "Markaziy" stadion maysasi sifatli holatga keltirilgach nihoyat jamoa o'zining haqiqiy uyiga qaytdi.


Bu esa Superliganing 7-turi doirasidagi "So'g'diyona"ga qarshi bahsga to'g'ri keldi. Garchi mamlakatimizda futbol bahori boshlanganiga ko'p bo'lgan bo'lsada, namanganlik ishqibozlar uchun aynan shu kun ochilish o'yini hamda shunga yarasha o'yinoldi namanganlik mashhur sanatkorlar va Toshkentdan taklif etilgan estrada yulduzlari ishtirokida bayram dasturi tuhfa etildi.


Namangandagi stadionda Superliga o'yinlarini ochib berish uchun O'FA Birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov tashrif buyurdi.


"Navbahor" malum tanaffusdan so'ng o'z uyida "mehmon"ga aylangan o'yinni boshqarish masuliyati Viktor Serazitdinov zimmasiga tushdi.


Qayd etish kerakki, namanganlik ishqibozlar futbolni juda sog'inib qolishgan ekan. Buning tasdig'i sifatida shu kuni muxlislar bilan to'lib-toshgan "Markaziy" o'yingoh suratini etiboringizga taqdim etamiz.


Mazkur bahsga "Navbahor" ustozi Andrey Kanchelskis hamda "So'g'diyona" boshqaruvini qo'lga olgan Ulug'bek Baqoev quyidagi tarkibni tushirishni maqul ko'rishdi.

"Navbahor": 1.O'tkir Yusupov, 5.Slavko Lukich, 6.Oston O'runov, 7.Azim Ahmedov, 9.Ivan Solovyov, 11.Aleksandr Kasyan, 15.Obid Jo'raboev, 19.Mirzohid G'ofurov, 30.Abdujamol Isroilov, 32.Jahongir Mehmonov, 70.Abbos G'ulomov.

"So'g'diyona": 27.Milan Mitrovich, 2.Sardor Qulmatov, 3.Iskandar SHoyqulov, 5.Kaxi Maxaradze, 7.Sanjar Rashidov, 14.Jamshid Boltaboev, 17.Doston Toshmatov, 18.SHerzod SHakirov, 77.Daniel Nasriddinov, 91.Nikola Milinkovich, 97.SHahboz Jo'rabekov.


Kanchelskis odatga ko'ra 4-2-3-1 taktik sxemaga asosan Yusupovni darvozaga, Lukich bilan Mehmonovni himoya markaziga qo'ydi. Murabbiy jarohatidan endigina forig' bo'lgan Golbanni o'yin qaydnomasiga kiritish bilan kifoyalandi. Qanot himoyasida esa G'ofurov chapda, Jo'raboev o'ngdan harakatlandi. Tayanch zonasi Isroilov va Ahmedov zimmasiga yuklandi. Qanot vingerlari sifatida esa O'runov hamda G'ulomov o'ynashdi. Ivan Solovyov esa hujumchi ortida erkin ijodkorga aylandi. Hujumda esa kutilganidek Aleksandr Kasyan joylashdi.


Ulug'bek Baqoev esa bu gal legioner kiper Milan Mitrovich xizmatidan foydalanishga qaror qildi. Himoya chizig'i esa chapdan o'ngga SHakirov-SHoyqulov-Qulmatov-Boltaboev. Yarim himoya markazidan esa Milinkovich, Maxaradze, Rashidov o'rin oldi. Qanotlarda Jo'rabekov hamda Nasriddinov joylashishdi. Hujumga esa diskvalifikaciyaga uchragan Norxonov o'rni Toshmatov bilan to'ldirildi.


Bevosita o'yinga keladigan bo'lsak, "qaynoq" muhitda bayramona kayfiyatda maydonga o'zgacha ishtiyoqda tushgan mezbonlar tezkor gol kiritishni uddasidan chiqishdi. Oston O'runovning chap qanotdan qilgan yurishini himoyachi to'xtatib qoldi. Natijada chap burchakdan belgilangan jarima to'pini Slavko Lukich o'zining aniq va ajoyib zarbasi bilan darvozaning yuqori burchagiga joylab qo'ydi - 1:0.



Muhitga yarasha o'yinni boshlagan va ilk zarbani golga aylantirgan "Navbahor"ning ikkinchi goli ham ko'p o'tmay ruy berdi. Bu vaziyatda mezbonlarning yana chap qanot orqali qilgan yurishi naf berdi. Mirzohid G'ofurovning uzatmasini jarima maydonchasida erkin harakat qilgan Aleksandr Kasyan boshi bilan golga aylantirdi - 2:0.



Har bir xavfli hujumi golga aylanayotgan mezbonlarning hujumlari raqib himoyachilari uchun kattagina bosh og'riqqa aylandi. Ulug'bek Baqoevga esa voqealar rivoji yoqmadi va ikkala o'tkazib yuborilgan gol aynan o'ng qanot himoyasidan yuzaga kelganini inobatga olib, murabbiy birinchi bo'limdayoq o'zgarish qilishga qaror qildi. Natijada o'ng qanot himoyasida o'ynagan Jamshid Boltaboev o'z o'rnini Izatilla Abdullaevga bo'shatdi. Bu o'zgarishdan so'ng o'ng qanot vingeri sifatida o'yinni boshlagan SHahboz Jo'rabekov qanot himoyasiga o'tdi, Abdullaev esa hujumkor vinger sifatida bahsni davom ettirdi.


Ammo o'ng qanot himoyasiga SHahboz Jo'rabekovni olib ham "So'g'diyona" o'zining mazkur nuqtasini mustahkamlay olmadi. CHunki "Navbahor"ning uchinchi goli ham aynan chap qanot orqali rivojlantirildi va "So'g'diyona"ning bo'sh nuqtasiga aylangan o'ng qanot himoyasi orqali navbatdagi golga zamin yaratildi. Bu safar Ivan Solovyov tomonidan oshirilgan to'pni jarima maydonchasida erkin qushga aylangan Kasyan yana boshi bilan darvozaga aniq yo'lladi - 3:0.



Birinchi bo'limda "Navbahor"ning har bir xavfli hujumi golga aylandi, "So'g'diyona" esa raqibga qarshilik ko'rsatishni uddasidan chiqolmadi. "Navbahor" tanaffusga qadar yana bir bor gol urishni uddaladi. Faqat bu vaziyatda qanot hakami bayroqchasini ko'tarib, Kasyanning xet-trik qilishiga yo'l qo'ymadi.


Tanaffusdan keyin o'yin tempi ancha tushib ketdi. Birinchi bo'limdayoq bahs taqdirini hal etgan mezbonlar natijadan kelib chiqib o'z kuchlarini ortiqcha sarf etishni istashmadi. "So'g'diyona" esa asosan to'pni nazorat qilgan holda hisob yiriklashib ketmasligini istadi. SHunga qaramasdan "Navbahor"da yana gollar urish uchun qulay vaziyatlar bo'ldi. Xususan Oston O'runovda ikkita, Solovyov va G'ofurovda bittadan qulay imkoniyatlar tug'ildi. Ammo bazi vaziyatda raqib posboni to'pni qaytargan bo'lsa, bazida futbolchilarga aniqlik etishmadi.


"So'g'diyona" esa raqib darvozasi oldida chinakamiga ikkita xavfli vaziyat yaratishni uddasidan chiqdi. Birinchi gal O'tkir Yusupov o'z mahoratini ko'rsatgan bo'lsa, ikkinchi vaziyatda Mehmonovning xatosi golga olib keldi.

"So'g'diyona" sardori Sanjar Rashidov Izatilla Abdullaevdan qabul qilgan to'pini ortiqcha qiyinchiliksiz darvozaga joyladi va jamoasini yirik mag'lubiyatdan saqlab qoldi - 3:1.

Navbahor

Slavko Lukich - 8', Aleksandr Kasyan - 18', Aleksandr Kasyan - 31'

Superliga. 7-tur

04/05/2019, 19:00

1
:
3
Tugadi

So'g'diyona

Sanjar Rashidov - 90'

45'
90'
8'  Slavko Lukich
18'  Aleksandr Kasyan
18'  Mirzohid G’ofurov
31'  Aleksandr Kasyan
31'  Ivan Solovyov
69'  Aleksandr Kasyan (Bahodir Nasimov)
70'  Obid Jo’raboyev (Igor Golban)
75'  Azim Ahmedov (Shahzod Shaymanov)
21'  Jamshid Boltaboev (Izzat Abdullaev)
46'  Doston Toshmatov (Sahob Rashidov)
62'  Daniel Nasriddinov (Dian Talxatov)
90'  Sanjar Rashidov
90'  Izzat Abdullaev

"Navbahor" - "So'g'diyona" 3:1 

Hakamlar: Viktor Serazitdinov, Artyom Kalinin, Farhod Usmonov, To'rabek Suyunov.

Nazoratchi: Marat Ismoilov.

Komissar: Jahongir Rahmatullaev.

Gollar: Slavko Lukich 8, - 1:0. Aleksandr Kasyan 18, - 2:0 (Mirzohid G'ofurov). Aleksandr Kasyan 31, - 3:0 (Ivan Solovyov). Sanjar Rashidov 90, - 3:1 (Izzat Abdullaev).

"Navbahor": 1.O'tkir Yusupov, 5.Slavko Lukich, 6.Oston O'runov, 7.Azim Ahmedov (8.SHahzod SHaymanov, 75), 9.Ivan Solovyov, 11.Aleksandr Kasyan (14.Bahodir Nasimov, 68), 15.Obid Jo'raeboev (22.Igor Golban, 70), 19.Mirzohid G'ofurov, 30.Abdujamol Isroilov, 32.Jahongir Mehmonov, 70.Abbos G'ulomov.

Zaxira: 23.Dilshod Hamroev, 25.Mirzohid Mamatxonov, 4.Aziz Ibragimov, 17.Elman Tagaev, 29.Xojiakbar Yunusov, 55.G'iyosjon Komilov.

"So'g'diyona": 27.Milan Mitrovich, 2.Sardor Qulmatov, 3.Iskandar SHoyqulov, 5.Kaxi Maxaradze, 7.Sanjar Rashidov, 14.Jamshid Boltaboev (11.Izatilla Abdullaev, 21), 17.Doston Toshmatov (21.Sahob Rashidov, 46), 18.SHerzod SHakirov, 77.Daniel Nasriddinov (32.Dian Talxatov, 63), 91.Nikola Milinkovich, 97.SHahboz Jo'rabekov.

Zaxira: 1.SHirinboy Abdullaev, 6.Nuriddin Hasanov, 8.Siroj Meliev, 9.Oybek Nurmatov, 28.Davron Umirov.

Xulosa o'rnida shuni aytish kerakki, shu kuni "So'g'diyona" himoyasining bo'sh harakati, ayniqsa o'ng qanot va markaziy himoyachilarning ikkinchi qavatdagi kurashni to'liq yutqazgani jamoaga qimmatga tushdi. "Navbahor" esa raqibining aynan bo'sh nuqtasini qidirib topdi va bundan roppa-rosa 3 marta samarali foydalandi.


TURNIR JADVALI


Mazkur g'alabadan keyin "Navbahor" turnir jadvalining yuqori uchligiga qadar ko'tarildi. Har holda kamida bir kun namanganliklar "kuchli uchlik"dan joylashishadi. Agarda ertaga "Metallurg", "Surxon", "Bunyodkor" yoki "Dinamo" g'alaba qozona olmasa, unda namanganliklar bu pog'onada bemalol qolishlari mumkin bo'ladi. "So'g'diyona" esa mazkur mag'lubiyatdan keyin turnir jadvalidagi holatini yanada yomonlashtirib oldi. Jizzaxliklar ayni paytda 11-o'rindan joy olishgan. Agarda ertaga AGMK muvaffaqiyat qozonadigan bo'lsa, unda Baqoev jamoasi 12-o'ringa tushib ketadi.



FAKT: Aleksandr Kasyan qatorasiga 5 o'yindirki maydonni golsiz tark etmayapti.

FAKT: "Navbahor" hujumchisi Aleksandr Kasyanning mazkur o'yindagi gollaridan so'ng kiritgan to'plari soni 6taga etdi va bu borada hujumchi chempionat to'purarlari bo'lib turgan CHeran, Abduxoliqov va Polvonovga etib oldi.


FAKT: "Navbahor"ning hujumkor yarim himoyachisi Ivan Solovyov Kasyanning ikkinchi goliga assistentlik qildi va bu borada eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lgan (4) Husniddin G'ofurovga tenglashib oldi.


FAKT: "Navbahor" o'tgan yili ham o'z uyidagi ochilish bellashuvida g'alaba qozongandi. Bu safar ham mazkur anana davom etdi. O'tgan yili amaldagi chempion "Loko" taslim etilgan bo'lsa, bu gal "So'g'diyona" aziyat chekdi.


Namangandagi o'yindagi taassurot: Ajoyib sifatli maydon, chiroyli manzara va futbolni bezovchi eng asosiy faktor - muxlislar! Aynan shular jamlanmasi bir bo'lgan bugungi stadionda futbol o'yini haqiqiy teatrga aylanib ketdi. Bayramona kayfiyatdagi namanganlik muxlislarning o'yindan avvalgi holati uchrashuvdan keyin ikki karraga yaxshilandi. Natijada stadionda haqiqiy futbol muhitini yaratgan muxlislar ushbu o'yinga o'zgacha zeb berishdi. Uzoq tanaffusdan keyin nihoyat o'z uyida mezbonga aylangan "Navbahor" Namangandagi ilk o'yindagi g'alabadan keyinoq turnir jadvalining yuqori uchligiga sakrashni uddaladi. Bunda ham bir ramziy mano bordek.

Mavsumni qoniqarsiz boshlagan jamoa o'yinida o'sish, natijasida esa tobora yaxshilanish kuzatilmoqda. Demak Kanchelskis aytganidek chempionlik poygasidan "Navbahor"ni hisobdan chiqarishga erta. Ayniqsa endilikda o'z uyiga qaytgan "Navbahor" mehmonlarda "qaynoq olovli" muhitda "qovurishi" mumkin. Faqat buning uchun nafaqat muhit, balki mazkur o'yinini ham yanada shakllantirishi talab etiladi. "Navbahor"ning mazkur holatida chempionlikka qanchalik kuchi etadi yoki yo'q, bu haqida aniq bir narsa deyish mushkul. Lekin shunisi aniqki, bunday muxlislarga ega jamoani ishqibozlar chempionlik yo'lakchasidan yurishga majbur etishga qodir.


O'YINDAN KEYINGI FIKRLAR

Andrey Kanchelskis ("Navbahor" bosh murabbiyi): "O'yin juda yaxshi o'tdi. Hammaning kayfiyati alo. Stadionning ochilishi va chiroyli muhit. Muhimi, natija. Qimmatli 3 ochkoni qo'lga kiritdik. Biz uchun chempionatdagi har bir o'yin kubok uchrashuvi maqomidek juda muhim ahamiyatga ega. Futbolchilarning o'yinga bo'lgan yondoshuvi yoqdi. To'g'ri, bahs yakuniga yaqin keraksiz gol o'tkazib yuborildi. O'yinni biroz tashlab qo'ydik. Har qanday holatda ham oldinga harakatlanishda davom etamiz. Bayram tashkil etib berishgani uchun muxlislarga alohida rahmat aytmoqchiman. Juda ajoyib tarzda bizni faol tarzda qo'llab-quvvatlashdi. Futbolchilardan, muxlislar va natijadan xursandman. Bugun barcha o'z ishini zo'r qildi".

Aleksandr Kasyan ("Navbahor" hujumchisi): "O'yin tizginini to'liq nazoratda ushlab turdik. Ishqibozlarga katta rahmat. Bugungi muhitda futbol o'ynash juda yoqimli bo'ldi. Maysa sifatiga gap yo'q. Hammasi zo'r. Mazza qilib futbol o'ynaydigan maydon".

Ulug'bek Baqoev ("So'g'diyona" bosh murabbiyi): "O'yin taqdiri birinchi bo'limdayoq hal etildi. Tezkor gol va ikkinchi o'tkazib yuborilgan gol barchasini barbod qildi. "Navbahor" bizdan ko'ra tezkor harakatlandi. Futbolda hech kim bunday holatlardan sug'urtalanmagan. Kim gol ursa yutadi. Tanaffusda futbolchilarni ruhlantirishga, 3:0 hisobi bu hali mag'lubiyat emasligini takidladim. Avvalambor o'zlarini hurmat qilishlarini so'radim. Ikkinchi taymda o'yin biroz yaxshilandi. Lekin natija hammasini ko'rsatib turibdi. Birinchi bo'limdayoq uchta gol o'tkazib yuborish ko'p. Buni qabul qilish esa oson emas. Sabr qilgan holda kelgusi o'yinlarga tayyorgarlik ko'ramiz. Mag'lubiyatda aynan kimnidir ayblashni istamayman. O'yinni chuqur tahlil qilamiz va tegishli xulosaga kelamiz. Hozir hech kimni ayblamoqchi emasman".


Foto: Jahongir Fayzullaev


SHahboz Beg'amov

Reyting: +41   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика