So’nggi yangiliklar

01:47Ансу Фати янги жамоаси учун тиббий кўрикдан ўтди  1 01:18"Атлетико" ёзги трансферлар учун жуда катта маблағ ишлатади  3 00:55Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқарди, "Динамо" эса сафарда ўн киши бўлиб зафар қучди  1 00:53Ҳусайн Норчаев: "Бугун ҳимояда чалкашликлар бўлди. Кейинги ўйинларда яхшироқ ҳаракат қиламиз"  0 00:29Шароф Муҳиддинов: "Футбол 90-дақиқадан кейин ҳам ўйналади"  3 23:58Брайан Риаскос: "Бу голлар тасодиф эмасди"  10 23:32Рўзиқул Бердиев: "Икки очко йўқотдик деб ўйлайман"  21 23:11Баҳром Ҳайдаров: "Футболчилар мураббийсиз ҳам ғалаба қозонса бўлади"  6 22:59Камолиддин Тожиев: "Фақат Сергеевга боғланиб қолмаганмиз"  8 22:36Вадим Абрамов: "Чемпионлик? Бу ҳақида сентябрь-октябрь ойларида гаплашамиз"  6 22:02Суперлига. "Динамо" 10 киши бўлиб Қўқонда ғалабага эришди  19 22:01Суперлига. "Пахтакор" сўнгги дақиқаларда "Насаф" дарвозасига иккита гол уриб, мағлубиятдан қутулиб қолди  181 20:15"Эвертон" 16 йиллик футболчиси билан шартномани узайтирди  0 19:4438 ёшли Жиру Францияга қайтади  3 19:18Рубен Невеш: "Манчестер Сити"га қарши жипс бўлиб ўйнашимиз шарт"  1

CHempionlik kurashi Paxtakor va Navbahor o'rtasida kechadi, bronza medali uchun esa asosiy favorit - Olimpik Yangiliklar

CHempionlik kurashi Paxtakor va Navbahor o'rtasida kechadi, bronza medali uchun esa asosiy favorit - Olimpik

Superliga kutilganidanda qiziqroq va sensacion boshlandi.

«Paxtakor» garchi ketma-ket yutqazgan bo'lsada jamoadagi g'oliblik ruhi, mentalitetidan kelib chiqsak, chempionlik poygasida tabiiyki qatnashadi. Jamoaga ishtiyoq va azart qaytsa yana avvalgi salobatli «Paxtakor»ga aylanadigandek.

Lekin kelasi tur jamoa uchun finalga teng. CHunki «Navbahor»ning ehtimoliy g'alabasi «Paxtakor»ni chempionlik poygasidan norasman chiqarib yuborish bilan birgalikda, jamoaning asl muammosini ko'rsatib berishi ham mumkin.

Hozircha muammo futbolchilarda yonmayotgan uchqun, yo'qolgan ishtiyoq va azart bilan bog'liqqa o'xshamoqda. Muhim va o'ta jiddiy bahs. Yo'qotishlarsiz ketayotgan va liga peshqadamiga aylangan «Navbahor»ga qarshi o'yinga murabbiy jamoada yo'qolgan ishtiyoqni «uyg'otishi» kerak. Aks holda muammo boshqa joydan paydo bo'lishi va «Paxtakor» dastlabki 3 o'yindayoq etakchidan 9 ochko ortga qolib ketishi ortidan savollar manzili o'zgarib qoladi.

Hozircha «Paxtakor» SHackix boshqaruvida «Navbahor»ni yutgani yo'q. Buni amalga oshirish uchun esa bundan qulay fursat Maksda bo'lmasligi mumkin.

Superliganing 3-turi nafaqat «Paxtakor» yoki «Navbahor» uchun juda muhim, balki ligadagi asosiy intriga chempionlik poygasining burilish nuqtasiga aylanishi mumkin.

CHunki «Navbahor» agarda «Paxtakor»ni Toshkentda mag'lub etsa, unda chempionlik vazifasi vaqt masalasi aylanadi. CHunki chempionlik yo'lida «Navbahor»ga faqatgina «Paxtakor» chinakam raqobat qilishga qodir yoki aksincha to'g'rirog'i.

Bronza medali uchun kurash esa ancha keskin kechadi va bunda hozirgi «Bunyodkor» yana kurashga qaytish potencialiga egadek taassurot qoldirmoqda. «Neftchi» ham medallar uchun kurashga qaytgandek. «Nasaf» yoki OKMK ham tabiiyki uchlikka kurashadi. Ammo bu uchlikning yangi va shaxsiy fikrimcha yaqqol favoriti paydo bo'ldi, bu — «Olimpik».

Bu shunchaki ilk xulosalar. CHempionat uzoq va kim uchun mavsum qanday davom etishiga ham ko'p narsa bog'liq. Lekin hayolda aylanayotgan fikrlarimni shu erda qoldirgim keldi.

Hamma narsa tugagach vaziyatga qarab tahlil qilish, fikr bildirishdan osoni yo'q. Lekin issig'ida tahlil qilib, imkoniyatlarni chamalash va to'g'ri baholash esa eng qiyini.

Kichik tajriba va jamoalarning hozirgi salohiyati shunday xulosaga bermoqda.

Ha aytgancha, ligada jon saqlash uchun pastki oltilik «Surxon», «Metallurg», «Qizilqum», «Turon», «So'g'diyona» va «Buxoro» o'rtasida yaxshigina raqobat bo'ladi.

SHahboz Beg'amov

Muallif :
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика