CHempionlar ligasi tarixida ikkinchi bor bir turda uchta xet-trik qayd etildi
27 noy 2014 12:47
Yangiliklar


CHempionlar ligasi tarixida ikkinchi bor bir turda uchta xet-trik qayd etildi
CHempionlar ligasi 2014/15 mavsumining 5-turida uchta xet-trik amalga oshirildi.
Ularga Lionel Messi (Barselona), Serxio Aguero (Manchester Siti), Mario Manjukich (Atletiko) mualliflik qilishdi.
SHunday qilib, bu turnirda 2005/06 mavsumning 5-turida qayd etilgan rekord takrorlandi. O'shanda Andrey SHevchenko ("Fenerbaxche" 0 - 4 "Milan"), Levan Kobiashvili ("SHalke" 3 - 0 PSV), Adriano ("Inter" 4 - 0 "Artemida") xet-trik muallifiga aylangan.

Fikrlar