So’nggi yangiliklar

12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  2 10:40Лени Йоро «Арсенал»га қарши учрашувда жароҳат олди  4 10:12«Ювентус» юлдузи Лондонга кўчиб ўтишга яқин  1 09:46Неймар идеал футболчи қандай бўлиши кераклиги ҳақида фикр билдирди  2 09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  7 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  41 08:24Париж-2024. Япония муддатдан аввал плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  20 08:00Ўртоқлик учрашуви. ОКМК «Машъал»ни кичик ҳисобда мағлуб этди  1 07:35Ўртоқлик учрашувлари. «Арсенал»дан камдек, Манчестер клубларида мағлубият ва бошқа натижалар  3 01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  11 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  2 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  20

CHempionlar Ligasi. “Manchester Siti” favoritmi yoki yo'q? Yangiliklar

CHempionlar Ligasi. “Manchester Siti” favoritmi yoki yo'q?

CHorak finalga chiqqan barcha klublar nomi malum bo'lib ulgurdi.

Musobaqani “boyvochchalarning” biri tark etib bo'ldi. Ikkinchisi nisbatan kuchsiz “Bazel”ni ortda qoldirdi va keyingi bosqichga yo'l oldi, ammo Gvardola shogirdlarini CHempionlar Ligasining keyingi etapida nimalar kutmoqda?

«Manchester Siti» CHempionlar Ligasida omadli ishtirok eta oladi. Nega?



Murabbiy Gvardola. Xosep faoliyati davomida taktika borasida ko'plab ishlarni amalga oshirishga muvaffaq bo'ldi. Etibor bilan qarasangiz, “Barselona” ijrosida ko'rganimiz “tiki-taka” bilan bugun “Manchester Siti” ko'rsatayotgan o'yinning farqini sezasiz. Yo'lda uchragan barcha sovrinni yutish Gvardiolaning ham qo'lidan kelmaydi, buning iloji yo'q. Ammo faoliyati davomida amalda qo'llayotgan fikr va g'oyalari ko'plab murabbiylar uchun o'rnak, o'ziga xos qo'llanma vazifasini bajarmoqda.

G'alaba va sovrinlarga chanqoq tarkib. Nima deb o'ylaysiz, kimning tarkibi (zayavkadagi o'yinchilar)ning o'rtacha yoshi kattaroq – ”Real” yoki “Manchester Siti”? Ko'rsatkich deyarli bir xil va kichik farq ham inglizlar foydasiga emas. Agar ECHLning yangi mavsumida +300 daqiqa o'ynaganlarni hisobga olsak, “shaharliklar”da faqatgina – Otamendi va Fernandino o'ttiz yoshdan kattaroq. Zidan jamoasiga qarasak, u erda besh nafar o'ttizdan oshgan futbolchini ko'rish mumkin. “Manchester Siti”da eng yosh tarkib bo'lmasligi mumkin, ammo tarkibga qo'shilib kelayotgan yigitlar yosh. Yana bir etiborli jihati Gvardola qo'l ostida faqatgina Danilo va Yaya Ture ECHL da g'olib bo'lgan (Gyundogan bir bor finalda o'ynagan), qolganlar o'zining katta, tarixiy  o'yinini kutib yashamoqda.


Jamoaviy o'yin. Eden Azar “Manchester Siti”ga qarshi o'yindan so'ng aytgan gaplarini eshitdingizmi? E yo'g'e, o'qidingizmi? “O'yin uch soat davom etganda ham menga to'p tegmasdi”. “Barselona”ga qarshi uchrashuvni deyarli ideal o'tkazgan “CHelsi”dan “Siti”ga qarshi ham munosib qarshilik kutishgandi. Ammo O'zbekistonda qarshiliklar borku, Londonda unaqasi topilmadi. To'p oshirishga (pasga) asoslangan o'yin ham tarkibning har bir futbolchisi muhimligi va “Manchester Siti” bir futbolchiga bog'lanib qolmaganini ko'rsatib turibdi. CHempionlar Ligasida hech kim yaqqol ajralib turgani yo'q. Sterling va Aguero bir xil – 4 tadan gol urishggan. Tarkibda sakkiz futbolchi gol urgan. De Bryuyne hisobida 4ta goli pas, ammo jamoada etti (!) o'yinchi golli pas berishga erishgan. Pep aynan jamoa to'pladi va bu juda muhim jihat, hamda katta plyus.


«Manchester Siti» CHempionlar Ligasida omadli ishtirok eta olmaydi. Nega?

Qaysar Gvardola. Agar o'yin rejadagidek bo'lmasa. Gvardola - qaysar murabbiy. U o'yin avvaldan belgilangan reja asosida ketmasa, uning o'yinga tayyorlagan, tanlagan taktikasi ish bermayotganini tan olishi qiyin kechadi. To'pga egalk qilish va aniq paslarga asoslangan o'yin hozircha “shaharliklarning” bazi kamchiliklarini yopib ketmoqda, ammo doim ham bunday bo'lavermaydi. “Liverpul”ga qarshi o'yinni eslang.

Pep jamoasi xatto qisqa vaqtga to'pni raqibga berishga majbur bo'lsa, paslar aniqligi odatdagidan biroz yomonlashsa, (CHempionlar Ligasida Gvardola – paslar aniqligi bo'yicha birinchi, to'pga egalik qilish bo'yicha esa “Barselona”dan so'ng - ikkinchi) – himoyadagi muammolar yaqqol sezilib qolyapti. Gol urish borasida MS – ECHLda beshinchi o'rinda, har bir o'yinda o'rtacha zarbalar bo'yicha – o'n ikkinchi (!). Raqibning xavfli tus olayotgan hujumlarini qaytarishda – to'rtinchi, raqib darvozasiga berilgan zarbalar aniqligi bo'yicha esa – bor yo'g'i to'qqizinchi (!). To'g'ri, MS Pep kelgandan so'ng, avvalgiga qaraganda ancha kuchaydi, ammo ularning ham zaif nuqtalari yo'q emas. Evropaning o'zida, CHempionlar Ligasida ham ularga qaraganda ishonchliroq o'yin ko'rsatayotganlar etarli.

Tajriba etishmasligi. So'zimiz avvalida bekorga tarkibdagilar yoshi va deyarli hech kim ushbu musobaqa finalida ishtirok etmaganiga to'xtalmadik. 

“Bavariya”, “Real” yoki “Barselona” darajasidagi raqiblar bilan o'yinda “Manchester Siti” o'zini arab shayxlari kutgandek tuta olmasligi hech gap emas. Murabbiy tanlashda xato qilib, Emerini aqlbovar qilmas pullar evaziga olib kelingan Neymarga ustoz qilganlari emas, boshqa shayxlarni nazarda tutyapmiz. Klub rahbarlari shubhasiz, shuncha pul sarflagandan keyin, Evroarenada ham nom chiqarishni, g'alaba qozonishni istaydilar. Ammo shu bilan birga bosh murabbiy Gvardola asosiy vazifa APLda chempion bo'lish ekanligini takidlashdan charchamayapti. Sababi, u tushunib turibdiki, Sane, Sterling, De Bryuyne yoki Bernardu Silva musobaqada g'olib bo'lishga o'rgangan Robben, Messi yoki Ronaldu darajasida o'ynay olmasligi mumkin.

Raqiblar ham qarab turmaydi. Xosepning avvalgi jamoasi “Bavariya” klubi Xaynkess qaytgach, o'ziga kelib oldi va endi Gvardolaga maqsadiga erishish yo'lida o'tib bo'lmas to'siq bo'lishi mumkin. CHempionatda ishlari zo'r bo'lmasada, ECHLda o'zini erkin xis qilayotgan “Real Madrid” – to'g'ri kelib qolsa, “shaharliklarni” ayab o'tirmaydi. “Barselona” esa kuni-kecha inglizlarning boshqa bir vazilini chiqarib yubordi. 1/8 final bosqichi avvalida ko'krak kerib yurgan “inglizlardan” bor yo'g'i ikki vakil qoldi.

Qura natijalari qanday bo'ladi bilmaymizku, shaxsan menga “Manchester Siti” va “Barselona” o'zaro to'qnash kelishi qiziq tuyulmoqda. Nega deysizmi? Sababi, har ikki jamoa ham to'pni juda yaxshi ko'radi. Bazan gol urishdan ham ko'ra, to'p bilan muomalada bo'lish ular uchun muhimroq degan xayol o'tadi. SHunday ekan bunday jamoalar bellashuvini ko'rish, betaraf muxlis uchun qiziq bo'lardi...


Siz nima deb o'ylaysiz, “Manchester Siti”ning CHempionlar Ligasida imkoniyatlari qanday?      

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика