

Jamoalar o'rtasidagi qarama-qarshilik tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, Chempionlar Ligasida "Liverpul" darvozasiga to'p kiritish bo'yicha bugungi kunda Karim Benzema yetakchi ekan. Fransiyalik futbolchi "qizillar" darvozasini to'rt marotaba ishg'ol etgan.
Shuningdek, o'z vaqtida "Chelsi"da o'ynagan Dide Drogba ham YCHL doirasidagi o'yinlarda "Liverpul" darvozasiga to'rtta gol urgan.



