So’nggi yangiliklar

18:18U-23 Осиё Кубоги. Эрон U-23 - Ўзбекистон U-23. Таркиблар маълум  4 18:06Ислом Тўхтахўжаев: “Ҳар қандай футболчига бундай ишқибозлар қаршисида ўйнаш ёқимли”  3 17:52Ханси Флик: "Мбаппе - энг зўр ҳужумчи, лекин биз ўзимизга ишонамиз"  3 17:17Футзал. Олий лига пешқадамида бош мураббий ўзгарди  1 16:58Мбаппе класикода ўйнайдими? Алонсо жавоб берди  1 16:37"Арсенал" "Реал" ҳужумчиси учун 80 миллион евро тўламоқчи  3 16:12Ханси Флик: "Қасос олиш ҳақидаги гаплар менга ёқмаяпти"  2 15:51Хаби Алонсо: "Ғалабага тайёрланяпмиз"  3 15:10Аденис Шала: "Ўзбек футболи Македония ва Косовога нисбатан анча устун. Канте мени ниҳоятда ҳайратда қолдирди"   1 14:59Ибрагимович "Аякс"га ўтишга яқин  1 14:28Депай ёзда эркин агентга айланиши мумкин  0 14:01"Челси" Беллингемни нишонга олди. "Реал" бунга муносабатини билдирди  8 13:37ПСЖ хавбеки Туркияга йўл олиши мумкин  1 13:14“Челси” футболчиси Лондоннинг бошқа бир клубига ўтиши мумкин  3 12:58Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  46

"CHempionlar Kubogi" turniri yakunlandi Yangiliklar

"CHempionlar Kubogi" turniri yakunlandi

Teglar :  CHempionlar kubogi
Toshkentda 1994 yilgi Osiyo o'yinlarida qozonilgan g'alabaga bag'ishlab "CHempionlar Kubogi" deb nomlangan futbol turniri o'tkazildi.

Musobaqani O'FF va o'sha yili O'zbekiston terma jamoasi bilan chempionlikni qo'lga kiritgan sobiq futbolchi Azamat Abduraimovlar tashkillashtirishdi.

Turnirda "Vostok", "Korzinka", "Free Zone", "Ardus", "F-88", "Chelsea", "Adolat" hamda "Allians Arena" jamoalari ikki guruhga bo'lingan holda g'oliblik uchun kurash olib borishdi.

14 may sanasida musobaqaning hal qiluvchi o'yinlari bo'lib o'tdi. Uchinchi o'rin uchun bahsda "Allians Arena" klubi "Vostok"ni 4:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Kichik finalda esa "Korzinka" jamoasi "Adolat"ni engdi.
Asosiy finalda esa turnirning eng kuchli jamoalari o'zaro bellashishdi. "F-88" va "Free Zone" klublari o'rtasidagi bahsning asosiy vaqti 2:2 hisobida yakunlandi. CHempion nomini aniqlash uchun tomonlar penaltilar seriyasiga murojaat qilishdi. Unda Azamat Abduraimov bosh murabbiyligidagi "Free Zone" jamoasi 2:1 hisobida g'alaba qozondi va turnir g'olibligini tantana qildi.

"CHempionlar kubogi" turniri
14.05.2016

3 o'rin

"Allians Arena" - "Vostok" 4:2

Kichik final

"Korzinka" - "Adolat" 3:2

Final

"F-88" - "Free Zone" 2:2 (pen. seriyasi 1:2)

Etiborli tomoni so'nggi kun bellashuvlari o'zbek futbolining afsonalaridan biri Birodar Abduraimovning tug'ilgan kuniga to'g'ri keldi. Musobaqa ishtirokchilari va tashkilotchilari Birodar Hasanovichni tavallud ayyomlari bilan chin dildan muborakbod etishdi va zarbop to'n kiydirishdi.

Turnir so'nggida g'olib va sovrindorlarga, shuningdek eng yaxshilarga esdalik sovg'alari va maxsus sovrinlar topshirildi.

Musobaqa finalidan fotogalereya: FOTO



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика