So’nggi yangiliklar

21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  0 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  0 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  0 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  1 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  9 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  2 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  4 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  13 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  5 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  7 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  8

CHempionatning avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi uchun ovoz bering Yangiliklar

CHempionatning avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi uchun ovoz bering

O'zPFL matbuot xizmati O'zbekiston chempionatining avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyini aniqlash uchun ovozlarni qabul qilish jarayoni boshlanganini malum qiladi.
Ovoz berish jarayonida O'zbekistonda faoliyat yuritayotgan sportga oid OAV vakillari (jurnalistlar) ishtirok etishlari mumkin. Nomzodlar ro'yxati chegaralanmagan bo'lib, ovoz beruvchilar O'zbekiston milliy chempionatlarida faoliyat yuritayotgan barcha futbolchilar va murabbiylarga, jumladan, xorij mamlakatlaridan kelib O'zPFL musobaqalarida ishtirok etayotgan futbolchilar va murabbiylarga ham ovoz berishlari mumkin.

Avgust oyining eng yaxshi o'yinchisi va murabbiyini aniqlash bo'yicha so'rovnomada ishtirok etayotgan jurnalist avgust oyi uchun eng yaxshi futbolchi va murabbiyilardan jami 5 nafardan nomzodlarning ism-shariflarini O'zPFL matbuot xizmatiga (media@the-uff.com elektron pochta manziliga jo'natgan holda) taqdim etishlari kerak. Jurnalistlar o'z variantlarini 4 sentyabr soat 18:00gacha yuborishlari mumkin.

Futbolchilarning avgust oyidagi harakatlarini baholashda quyidagi musobaqalar hisobga olinadi: Oliy Liga; O'zbekiston Kubogi; Birinchi Liga; O'zPFL tasarrufidagi boshqa musobaqalar.

Tanlovda ishtirok etgan OAV vakilining variantlaridan kelib chiqib, futbolchi va murabbiylarga quyidagicha ballar beriladi: 1-o'rin – 5 ball; 2-o'rin – 4 ball; 3-o'rin – 3 ball; 4-o'rin – 2 ball; 5-o'rin – 1 ball.

OAVdan kelib tushgan variantlar O'zPFL matbuot xizmati tomonidan hisob-kitob qilinadi va uning yakuniy natijalari O'zPFL rasmiy sayti (www.pfl.uz)da elon qilinadi. Eng ko'p ovoz to'plagan futbolchi (murabbiy) O'zbekiston chempionatida oyning eng yaxshi futbolchisi (murabbiyi) deb topiladi.

Mart-noyabr oylarida o'tkaziladigan chempionatning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi tanlovilarining natijalari umumlashtirib chiqiladi va natijalardan kelib chiqib, O'zPFLning 2014 yildagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi nomi aniqlanadi.

Malumot uchun, ushbu tadbir tijoriy loyiha bo'lib, unga homiylik qilish istagida bo'lgan tashkilotlar hamkorlikka taklif qilinadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика