CHempionatdan olinishni istagan Xitoy klubi prezidenti istefoga chiqdi
03 iyu 2017 11:10
Yangiliklar
CHempionatdan olinishni istagan Xitoy klubi prezidenti istefoga chiqdi
SHanba kuni "Baoding" klubi "Uxan CHjoer"ni qabul qildi. Mezbonlar 2:1 hisobida g'alaba qozonayotgan edi, ammo bosh hakam ikkinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shdi va shubhali penalti qo'ydi. Uchrashuv durang bilan yakunlandi. 16 turdan so'ng "Baoding" turnir jadvalida 10 ochko bilan so'nggi o'rinni egallab turibdi.
"Prezident Men o'zi xafa qilgan insonlar oldida uzr so'raydi. Biz sport qoida va tartiblarini hurmat qilamiz va maydonda sodir bo'lgan voqealar o'rnatilgan qoidalar orqali muhokama qilinishi kerak. Klub to'xtovsiz qo'llab-quvvatlash uchun muxlislarga minnatdorchilik bildiradi. Istefo tez orada o'tib ketadi degan umiddaman" - deyiladi jamoa bayonotida.
Men Yunli avvalroq keskin fikr bildirgan edi: "Biz shunchaki adolatni istaymiz. Uchrashuv natijasini hech kim o'zgartira olmaydi, ammo tushuntirish talab qilamiz. Bunday futbol o'ynab bo'lmaydi. Qanday qilib ishtirokimizni davom ettiramiz? Futbolchilarimizni kim himoya qiladi? Biz chempionatda o'ynamaymiz. Bunday davom etishini istamaymiz".
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar