So’nggi yangiliklar

15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  0 14:55Элит ОЧЛ. Мавсумнинг охирги ўйини қандай тугайди?  0 14:38Озарбайжон клуби "Машъал" футболчисига қизиқмоқда  0 14:21Ўзбекистон Канада билан ўйнайди  9 13:57"Милан" Австралияда ўйин ўтказмайди. Сабаби ошкор бўлди  1 13:30Қувондиқ Рўзиев: "Навбаҳор" мухлислари олдидаги қарзимни узишга ҳаракат қиламан"  5 13:14"Ал Иттиҳод" – "Насаф" беллашуви кореялик ҳакамларга топширилди  1 12:46"Аҳил бўлмасак, бир натижага эришиш қийин. Биргаликда вазифани уддалаймиз" — Тимур Кападзе  4 12:19Эмери "Астон Вилла"нинг тарихий сериясидан сўнг: "Биз чемпионликка даъвогар эмасмиз"  0 11:51"Менга фарқи йўқ": Рафинья ФИФА қарорига хотиржам муносабат билдирди  5 11:24Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Доҳага етиб борди  0 10:46“Ал-Аҳли” - “Андижон” ўйинини ироқлик ҳакамлар бошқаришади  2 10:19Акаки Шулая воҳа жамоасига ўтишга яқин  3 09:48ПСЖ раҳбарияти тарихда ҳали ҳеч ким қилмаган ишни қилмоқчи  5 09:21Аббос Файзуллаев: "2026 йилда кўришгунча"  6

CHemirtan va Michich jurnalist va muxlislar savollariga javob berishdi Yangiliklar

CHemirtan va Michich jurnalist va muxlislar savollariga javob berishdi

Mavsumlar oralig'ida "Bunyodkor" safini to'ldirgan hujumchi Vadim CHemirtan va himoyachi Dushan Michich muxlis va jurnalistlar savollariga javob berishdi.

Vadim CHemirtan: “Mavsum tugagach “Bunyodkor”dan taklif tushdi. “Buxoro” safidagi o'yinlaridan so'ng taklif bo'ldi. O'ylab ko'rib bir yilga shartnoma tuzdim. Jamoaning asosiy maqsadi O'zbekiston chempioni bo'lish. Osiyo chempionlar ligasida esa kuchimiz etganicha o'ynaymiz”. 

Dushan Michich: “Osiyoda o'z o'rniga ega bo'lgan klub bo'lgan “Bunyodkor”dan taklif bo'lgani uchun shu jamoaga o'tishga qaror qildim. “Bunyodkor” bilan katta yutuqlarga erishmoqchiman".

- “Buxoro” va “Bunyodkor” muhitlari orasida farq bormi? 

CHemirtan: - Deyarli farq sezmadim. SHunchaki “Buxoro”da asosan yoshi katta futbolchilar o'ynardi. “Bunyodkor”da esa asosan yoshlar. SHunisi farqli xolos. 

- “Al Jayish” bilan o'yin haqida fikrlaringiz qanday? 

Michich: - Birinchi rasmiy o'yin bo'lgani uchun albatta og'ir bo'ldi. Eng asosiysi g'alabaga erishib guruh bosqichiga yo'l oldik.

- “Buxoro”dan ketganingizdan so'ng muxlislar sizdan norozi bo'lishdi. Bunga munosabatingiz qanday?

CHemirtan: - Buxorolik muxlislarni juda hurmat qilaman. Ketishimning ularga umuman aloqasi yo'q. Jamoada o'zgarishlar kutilayotgandi, shu bois “Bunyodkor”ga o'tishga qaror qildim. Agar hozir “Buxoro”dan katta miqdordagi maosh taklif qilinsa to'g'risi haqiqiy professionalga o'xshab yo'q deb javob berardim. 


- “Al Jayish” bilan o'yinda maydonga tushmadingiz. Murabbiy buni qanday izohladi? 

CHemirtan: - Murabbiyning qarorini muhokama qilmayman. Demak o'sha paytda mendan kuchliroq futbolchi bor ekan. Natija bo'ldi demak bosh murabbiy to'g'ri qaror qabul qilibdi. Biz safarda himoyadan o'ynadik shu bois ham balki zaxirada qolgandirman. O'yindan keyin Sergey Lushan biz ko'proq hujum qiladigan o'yinlarda CHemirtan ko'proq foydali deb aytibdi. Demak shunday. 

- Jamoadagi eng qobiliyatli ikki nafar yosh futbolchini ayta olasizmi? 

CHemirtan: - Ikki kishini alohida ko'rsata olmayman. Butun jamoa kuchli. 

Michich: - Yoshlarni oladigan bo'lsak Dilshod Ahmadaliev va Nurillo To'xtasinovni aytgan bo'lardim. 

- Sizni oldingi klublaringizda muxlislar qanday chaqirishardi? 

CHemirtan: - Agar qisqa laqabim bo'lsa CHema. 

Michich: - Meni muxlislar Munya deb chaqirishardi.


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика