“CHelsi”da 10-raqamning yangi egasi malum
09 sen 2020 19:35
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/591266_original.jpg)
![](/upload/storage/591266_220.jpg)
“CHelsi”da 10-raqamning yangi egasi malum
“Aristokratlar” yarimhimoyachisi Kristian Pulishich 2020/21 yilgi mavsum jamoada 10-raqam ostida harakat qiladi.
Amerikalik “Arsenal”ga yo'l olgan Villianning raqamini olishga qaror qildi.
Avvalroq, ushbu sonli formada Eden Azar va Jo Koul kabi futbolchilar ham harakat qilishgan.
Pulishich 2019 yilning yanvarida 64 mln evro evaziga “Borussiya D”dan londonliklarga transfer qilingan edi. U o'tgan mavsumni 22-raqam ostida o'tkazdi. 21 yoshli o'yinchi klub safida 34 o'yinda maydonga tushib, 11+10 natija ko'rsatishga ulgurdi. Transfermarkt portali Pulishichni 60 mln evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar