"CHelsi" yozda Xolandni qo'lga kiritishga ishonmoqda
25 fev 2021 01:10
Yangiliklar


"CHelsi" yozda Xolandni qo'lga kiritishga ishonmoqda
"CHelsi" Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xolandga qiziqish bildirmoqda.
Eurosport xabariga ko'ra, 20 yoshli norvegiyalik yozdan boshlab faoliyatini Londonda davom ettirishiga "aristokratlar" rahbariyatining ishonchi komil.
Futbolchining hozirgi klubi bilan kelishuvi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi. Uning transfer qiymati 110 million evroga baholanyapti.
Xoland ushbu mavsumda 25 o'yinda qatnashib, 27 ta gol urgan va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar