"CHelsi" yarim himoyachisini "Granada"ga ijaraga beradi
07 sen 2020 17:42
Yangiliklar
"CHelsi" yarim himoyachisini "Granada"ga ijaraga beradi
"CHelsi" chap qanot yarim himoyachisi Kenedi faoliyatini Ispaniyada davom ettiradi.
24 yoshli o'yinchi ijara asosida "Granada"ga o'tadi. Braziliyalik futbolchi bugun yangi jamoasi uchun tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tgan taqdirda klub tarkibiga borib qo'shiladi.
Kenedi 2019/20 yilgi mavsumni "Xetafe"da o'tkazdi. Futbolchi Madrid yaqinidagi klub safida 27ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 5ta assist qayd etdi.
"CHelsi" yarim himoyachini "Fluminense"dan 2015 yilda 8 million evro evaziga transfer qilgandi. Transfermarkt o'yinchini 9,5 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar