"CHelsi" Sarrining kelajagini hal qilish uchun futbolchilar bilan gaplashib oladi
23 may 2019 17:35
Yangiliklar


"CHelsi" Sarrining kelajagini hal qilish uchun futbolchilar bilan gaplashib oladi
Klub rahbarlari qaror qabul qilishdan avval jamoaning kiyinish xonasidagi kayfiyatni o'rganishadi va asosiy o'yinchilardan Sarri bilan munosabatlari haqida so'rashadi.
Futbolchilar 60 yoshli mutaxassisdan murabbiyning taktikasi haqida so'rashgan va ayrim futbolchilar uning mashg'ulotlarini bir hil deb hisoblashadi.
Bundan tashqari, Sarrining klub faxriysi Gari Keyxill bilan munosabatlari boshqa futbolchilarni havotirga soladi.
Boshqa malumotlarga qaraganda esa "CHelsi" allaqachon Sarrining o'rniga Frenk Lempardni nomzod sifatida tanlab olgan va londonliklar murabbiyni 5 million funt evaziga "Yuventus"ga qo'yib yuborishga tayyor.
Sarri Angliyadagi debyut mavsumida "CHelsi" bilan premer-ligada 3-o'rinni qayd etdi va Evropa Ligasi finaliga chiqa oldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar