"Chelsi" Sarrining kelajagini hal qilish uchun futbolchilar bilan gaplashib oladi

Alisher
23 may 2019, 17:35
"Chelsi" hali ham Mauricio Sarrini iste'foga chiqarish bo'yicha yakuniy qarorni qabul qilmadi.

Klub rahbarlari qaror qabul qilishdan avval jamoaning kiyinish xonasidagi kayfiyatni o'rganishadi va asosiy o'yinchilardan Sarri bilan munosabatlari haqida so'rashadi.

Futbolchilar 60 yoshli mutaxassisdan murabbiyning taktikasi haqida so'rashgan va ayrim futbolchilar uning mashg'ulotlarini bir hil deb hisoblashadi.

Bundan tashqari, Sarrining klub faxriysi Gari Keyxill bilan munosabatlari boshqa futbolchilarni havotirga soladi.

Boshqa ma'lumotlarga qaraganda esa "Chelsi" allaqachon Sarrining o'rniga Frenk Lempardni nomzod sifatida tanlab olgan va londonliklar murabbiyni 5 million funt evaziga "Yuventus"ga qo'yib yuborishga tayyor.

Sarri Angliyadagi debyut mavsumida "Chelsi" bilan premer-ligada 3-o'rinni qayd etdi va Yevropa Ligasi finaliga chiqa oldi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail