"CHelsi" safarda "Xall"ni mag'lub etdi
11 jan 2014 19:40
Yangiliklar


"CHelsi" safarda "Xall"ni mag'lub etdi
Sizning xizmatingizda esa shu 90 daqiqadan sal ko'proq vaqt mobaynida Abror Qodirov bo'ldi. Etibor uchun tashakkur. "SA"da qoling.
90. CHelsi navbatdagi g'alabasini qo'lga kiritdi. Azar har doimgidek betakror. Torres ham g'alabaga o'z hissasini qo'shdi. 21-turning ilk o'yinida "CHelsi" safarda "Xall Siti" ustidan ishonchli g'alabaga erishdi.
90. Hakamning final xushtagi yangradi. O'yin tugadi. Inglizchasiga Full time!
90. Qo'shib berilgan vaqt o'tib bormoqda
O'yin qahramoni
89. "CHelsi"da yana bir o'zgarish: Azar o'rniga Essen.
87. "CHelsi"da futbolchi almashtirildi. Villian o'rniga SHurle.
87. GOOOOL! 0:2. Torres! Ha, u ham gol uradi! Fernando bir necha futbolchilarni aldab o'di va zarba berdi va kamldan-kam yuz beradigan voqelik guvohi bo'ldik - Torres darvozani ishg'ol etdi
81. Figeroaga sariq kartochka. Juda qo'pol o'ynadi Azarga qarshi. qizil olsa ham hayron qolmasdik, ochig'i.
80. Hisobda oldinda borayotgan jamoa hujumkor Oskar o'rniga Mikelni tushirishidan maqsadi nima ekanligini sezish qiyinmas. Muorino - ehtiyotkor.
78. "CHelsi"da o'zgarish: Oskar o'rniga Obi Mikel
74. Oskarda juda qulay imkoniyat bo'lgan edi. Huddi birinchi bo'limdagiga o'xshash holatda yana uning omadi kelmadi. "Omadim kelmadi shu gol bobidaa", deb kuylagan bo'lardi Ulug'bek Rahmatullaev vaziyatni ko'rganida.
Mana bu yigitlar sovqotib qolishdi
69. Azar yana bir golga mualliflik qilishi mumkin edi. "CHelsi"ning uzoq davom etgan va bir necha zarbalar bilan yakunlangan hujumi hisob yiriklashishiga olib kelmadi.
66. Ikki yil olinmagan sochini kaltalatib, binoyidek qilib olgan Tom Xadlstoun jarima zarbasini amalga oshirdi. Ammo zarba soch turmagi hamqida qayg'urishga ehtiyoji bo'lmagan CHexga qiyinchilik tug'dirmadi.
65. Keyxillga sariq kartochka! Qo'li bilan o'ynagani uchun.
60. Azar ushbu mavsumdagi 9-golini kiritdi. 2012/13 yilda esa u butun mavsum davomida shuncha urgandi.
56. GOOOOOOOL! Azaaar! Eden Azar bir necha futbolchilarni aldab o'tib, 17-18 metrlar atrofidan ajoyib zarba yo'lladi - 0:1.
54. O! Diqqat! Mata chigalyozdi mashqlarini bajarayotgan futbolchilarga qo'shilib, yugura boshladi. Balki maydonda ko'rib qolarmiz.
52. David Luiz yana bir bor jarima to'pidan zarba yo'lladi. Yana darvozabon to'pga ega chiqdi. Lempard qaytmaguncha "CHelsi" jarimadan gol urmasa keragov...
51. Mata katta ehtimol bilan bugun maydonga tushmasa kerak. CHigal yozdi mashqlarini amalga oshirayotganlar orasida u ko'rinmadi.
49. Azar raqib jarima maydonida uchta himoyachini aldab o'tdi va zarba yo'lladi! Xavfli! Lekin, lekin...
45. Toshkentdagi "Jar" stadionida "Bunyodkor" o'yini boshlanishidan avval bokschi Rokki haqidagi filmdan saund-trek qo'yilardi. Zo'r musiqa. Xullasi "Hall Siti" o'yinlari oldidan ham aynan shu qo'shiq qo'yilarkan.
45. Toshkentining "Bunyodkor" va "Xall Siti" o'rtasida qanday bog'liqlik bor? Bilasizmi?
Birinchi bo'limda "Hall Siti" kamida ikkita gol urishi mumkin edi. Londonliklarda esa bitta yuz foizlik vaziyat bo'ldi. Biroq tabloda hali ham nollar yonib turibdi. Ikkinchi bo'lim golsiz bo'ladiganga o'xshamayapti. Ko'raveraylik-chi.
Tanaffus! Birinchi bo'lim nihoyasiga etdi. Hisob ochilgani yo'q.
45. "CHelsi" taym ohirida bosimni kuchaytirdi.
44. "CHelsi" jarima to'pi tepdi. David Luizning zarbasi xavfli chiqdi. Darvozabon burchakka chiqarib yubordi.
43. Oppa! Yigitlar janjallashib ketishdi! Hamma bir-biriga o'shqirgan, yovqarash qilgan... Ish urishib ketishgacha bormadi.
41. Bu orada maydon egalari jarima to'pini amalga oshirishdi. Samarali yakunlanmagan bo'lsa-da, har xolda yana bir xavli vaziyat yaratildi.
40. "CHelsi" tarkibidagi ushbu mavsumning eng foydali futbolchisi Eden Azar, bu o'yinda ham hammadan faol. Aytgancha u yozda "PSJ"ga ketib qolishi mumkin.
33. Xavfli vaziyat! CHelsi hisobni ochishga juda-juda yaqin edi! Oskar jarima maydoni ichidan kuchli zarba bergan edi.
31. SHunday qilib, "CHelsi" qiynalyapti. "Xall" o'z maydonida juda ishonchli o'ynaydigan jamoalardan biri. Ular o'z maydonida bor yo'g'i 6ta gol o'tkazib yuborishgan.
Ayni vaqtda bo'lib o'tayotgan o'yindan fotolar izlab topishda davom etamiz.
26. Sagbo! Ajoyib vaziyatni yo'qqa chiqardi. "Xall" oldinga chiqib olishi hech gap emasdi. Terrining xatosi qimmatga tushardi sal qolsa...
25. Hisob esa o'zgarganicha yo'q.
22. "Xall"ning xavfli hujumii....! Yo'q. CHex ishonchli o'ynadi.
20. "Yana Mata yo'qmi?", deb so'rayapti hozirgina o'yinni ko'rishni boshlagan ukam. Yo'q! O'tgan mavsumning eng yaxshi futbolchilaridan biri Mourino kelganidan buyon zahira o'rindig'ini isitishdek sharafli vazifani bajaryapti.
19. O'yinning 20 daqiqasi o'tib bo'layotgan bir paytda, hali birorta ham golga tortadigan vaziyat bo'lmaganini malum qilshimiz mumkin.
15. Yo'q, Azarning ahvoli u qadar yomon emas. Har xolda yana yugurib yuribdi.
14. Tom Xadlstoun Azarga nisbatan shu qadar qo'pol o'ynadiki, Eden hali ham o'ziga kelolmay yotibdi.
10. Hozirgina mana shu rasmdagi yigit raqiblarga xavf solib, burchak to'pi ishladi. Lekin bu burchak to'pining taqdiri ham avvalgilarikidan farq qilmadi - befoyda.
07. "Xall Siti" ham "CHelsi"dan ortiqcha qo'rqayotgani yo'q. Bir necha bor oldinga tashlanib, londonlilar safidagi yagona chex - CHexni zerikib qolmasligini taminlashdi.
05. Darvoqe, matn yuqorisidagi "Yangilash" degan tugmani bosib turishni unitmang.
04. Azar hammani aldashga kirishib ketti-yu, hakamni aldab o'ta olmadi.
03. "CHelsi" hujumga otlanib, burchak to'pi ishlagan bo'lsa-da, uni qoyillatib bajara olmadi. Villianning to'p uzatishi o'xshamadi
01. Diqqat qiling! Kompyuterimiz ofis televizori qarshisiga o'rnatilagan va nigohlarimiz TVga qaratilgan! Angliya stadionlariga borib translyaciya qilish nasib etishini niyat qilib o'yinni kuzatishni boshlaymiz!
Toshkent vaqti bilan soat 17:45 da boshlanadigan o'yinning natijasini shu erda kuzatib borishingiz mumkin.
Kechqurun bo'lib o'tadigan o'yinlar ham saytimiz orqali yoritib boriladi.
Xall – CHelsi 0:2
11 yanvar, 17.45, Key Si Stedium
Gol: Azar (56), Torres (87)
Xall – Makgregor, Bryus, Kert. Devis, CHester, Figeroa, Livermor, Meyler, Boyd, Xaddlstoun, Al-Muxammadi, Sagbo.
CHelsi – CHex, David Luiz, Terri, Keyxill, Aspilikueta, Villian, Ramires, E. Koul, Oskar, E. Azar, Torres.

Fikrlar