"Chelsi" "Real"ning transfer nishonini "ilib ketmoqchi"
24 okt 2025 09:17
Yangiliklar
"Chelsi" "Real"ning transfer nishonini "ilib ketmoqchi"
"Chelsi" "Bavariya" markaziy himoyachisi Dayo Upamekano uchun poygaga qo'shildi.
Bild nashrining xabar berishicha, francuz futbolchisiga "Liverpul", "Inter" va "Real" ham qiziqish bildirmoqda. Avvalroq, unga asosiy davogar madridliklar ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Manbaga ko'ra, Myunxen klubi 26 yoshli futbolchining transfer narxini 60 million evroga baholamoqda. Biroq, Upamekanoning shartnomasi tugashi sababli 2026-yil yozida "Bavariya"ni tekinga tark etishi xavfi mavjud. Shu sababli nemis jamoasi himoyachini qishda "Chelsi"ga sotib yubormoqchi.
Bu mavsumda "Bavariya" himoyachisi barcha musobaqalarda 16 ta o'yinda maydonga tushdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar