“Chelsi” “Real” himoyachisini o'z safiga qo'shib olishga yaqin turibdi

Aslanov Jasurbek
12 iyul 2017, 02:03
“Real” himoyachisi Danilo uchun kurashda “Chelsi” “Yuventus”ni ortda qoldirdi.

Bu haqda UOL nashri xabar bermoqda.

Nashrning xabariga ko'ra, “Chelsi” 31 million evro evaziga futbolchining transferi borasida kelishuvga erishishga yaqin turibdi.

“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan himoyachini qo'yib yubormoqchi emasdi. Ammo “Chelsi”ning APLdagi muvaffaqiyatli odimi Daniloni Madrid klubini tark etishga undagan.

Ikki yil ilgari “Real” braziliyalik futbolchini “Portu”dan 31,5 million evroga sotib olgandi.

Ilgariroq “Real” va “Yuventus” 20 million evro evaziga ushbu futbolchini Turinga o'tishini kelishib olishganligi haqida xabarlar chiqqandi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UOL