"CHelsi" qishki transfer oynasi vaqtida futbolchi sotib olmaydi
22 okt 2014 20:43
Yangiliklar


"CHelsi" qishki transfer oynasi vaqtida futbolchi sotib olmaydi
"CHelsi" bosh murabbiyi Joze Mourino yanvar oyida jamoasiga yangi futbolchi sotib olmoqchi emasligini aytib o'tdi.
Portugaliyalik murabbiyning aytishicha, jamoasi qo'shimcha o'zgarishlarga muhtoj emas.
"Transfer haqida o'ylamayapmiz. Yoz oxirlarida jamoamiz to'liq bo'lganligini aytib o'tgandim. Agar kimdir ketishni istab qolsagina uning o'rniga boshqa futbolchi olib kelishimiz mumkin", - deydi Mourino.

Fikrlar