"CHelsi" "Portu" posboni uchun 75 mln evro to'lashga tayyor
25 iyu 2023 15:18
Yangiliklar
"CHelsi" "Portu" posboni uchun 75 mln evro to'lashga tayyor
"A Bola" xabariga ko'ra, London klubi 23 yoshli posbonning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirmoqda. "Portu" esa darvozaboni uchun 75 mln evro so'ragan. Bu futbolchining shartnomasidagi tovon puli hisoblanadi. "CHelsi" faqatgina 3 bosqich bilan ushbu pulni to'lashi mumkin: unga ko'ra, 25 mln evro mablag' ilk to'lov sifatida o'tkazib berilsa, to'lovning yana shuncha miqdordagi ikki qismi keyinroq to'lanadi. SHu orqali klub moliyaviy feyr-pley shartlarini buzmagan bo'ladi.
O'tgan yili PSJga ham ushbu posbon kerak bo'lgan, biroq klublar kelisha olmagandi. Ayni damda Koshta Evropaning eng zo'r posbonlari qatoriga kiritilmoqda va u APLda eng yaxshilaridan biri bo'lishi kutilmoqda.
O'tgan mavsumda Diogu "Portu" tarkibida 41 o'yinda qatnashib, shularning 20tasida gol o'tkazib yubormadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar