"CHelsi" Mendining maoshini ko'tarmoqchi
04 dek 2021 16:55
Yangiliklar
"CHelsi" Mendining maoshini ko'tarmoqchi
"CHelsi" darvozabon Eduar Mendi bilan yangi shartnoma imzolamoqchi.
London klubi rahbariyati 29 yoshli senegallikning o'yinlaridan mamnun va uning maoshini ko'tarmoqchi.
"Ko'klar" futbolchining vakillari bilan muzokaralarni boshlashdi. Amaldagi shartnomaga ko'ra, darvozabon haftasiga 60 ming funt maosh oladi.
Mendi 2021/22 yilgi mavsum "CHelsi" safida 19ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 8ta to'p olib chiqdi va 11ta "quruq" o'yin o'tkazdi. O'yinchining amaldagi shartnomasi 2025 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar