"CHelsi" Kunde bo'yicha "Sevilya" bilan muzokaralarni to'xtatdi
30 avg 2021 14:14
Yangiliklar
"CHelsi" Kunde bo'yicha "Sevilya" bilan muzokaralarni to'xtatdi
"CHelsi" "Sevilya" himoyachisi Jyul Kundening transfer borasida muzokaralarni to'xtatdi.
London klubi 22 yoshli francuzni xarid qilmoqchi edi, ammo "Sevilya" o'z so'rovlarini ko'tardi va bu angliyaliklarni qoniqtirmadi.
"CHelsi" taklifni ko'tarmoqchi emas, Kundening yozgi transfer oynasida o'tish ehtimoli kam.
Kunde o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 49ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Fikrlar