"CHelsi" Kristensen bilan yangi shartnoma masalasida kelisholmayapti
26 okt 2021 20:26
Yangiliklar
"CHelsi" Kristensen bilan yangi shartnoma masalasida kelisholmayapti
"CHelsi" markaziy himoyachisi Andreas Kristensen keyingi yozda London klubini tark etishi mumkin.
Manbaga ko'ra, tomonlar 2022 yilning 30 iyunida tugaydigan amaldagi kelishuv muddatini uzaytirish borasida bir to'xtamga kela olishmayapti.
25 yoshli daniyalik "aristokratlar"ning taklif qilayotgan maoshidan qoniqmayapti. Muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qolgan va bunga 2 oy bo'ldi.
Kristensen 2012 yildan buyon "CHelsi"da o'ynamoqda. U ushbu mavsumda 9 o'yinda 1 ta gol urdi.
Fikrlar