“CHelsi” Keyxill bilan shartnomani uzaytiradi
08 jan 2014 10:54
Yangiliklar


“CHelsi” Keyxill bilan shartnomani uzaytiradi
“CHelsi” himoyachisi Gari Kyexill yaqin kunlarda klub bilan shartnomasini uzaytiradi.
“Aristokratlar” 28 yoshli Angliya terma jamoasi o'yinchisi bilan 4 yilga mo'ljallangan shartnoma imzolashmoqchi, deb xabar beradi Daily Mail.
Keyxillning “CHelsi” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 3 yilga mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, himoyachi 2012 yil “Bolton”dan 7 million funt evaziga londonliklar safiga o'tgan edi.
Ushbu mavsum Angliya chempionatining 13 ta o'yinida ishtirok etgan futbolchi, 1 ta gol urishga erishgan.

Fikrlar