"CHelsi" Kavani nomzodidan voz kechdi
14 iyu 2020 14:31
Yangiliklar


"CHelsi" Kavani nomzodidan voz kechdi
"CHelsi" rahbariyati tarkibni Edinson Kavani orqali kuchaytirish g'oyalaridan voz kechdi.
Kavani yaqin kunlar ichida erkin agentga aylanadi va jamoani tark etadi. Uning ketishini klub sport direktori Leonardo ham tasdiqlagandi.
"CHelsi" uzoq vaqt davomida futbolchini kuzatib yurgan, biroq muzokaralar o'tkazmagandi. Edinson bilan shartnoma imzolash uchun "Atletiko" va "Inter" kurashmoqda.
Ushbu mavsumda Kavani parijliklar tarkibida 22 o'yinda 7 gol va 3 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar