"CHelsi" futbolchisi Italiyaga qaytishi mumkin
27 iyu 2020 23:06
Yangiliklar
"CHelsi" futbolchisi Italiyaga qaytishi mumkin
"Milan" "CHelsi" yarim himoyachisi Temue Bakayoko uchun kurashda etakchilik qilyapti.
Franciyalik futbolchi bunga qadar 2018-2019 yilgi mavsumni "Milan"da (ijara) o'tkazgandi. Endi "rossonerilar" rahbariyati Bakayokoni xarid qilishga qaror qilgan. Italyan klubi futbolchining transferi uchun 23 million funt sterling ajratishga tayyor, deb xabar qildi Siempre Milan.
Eslatib o'tamiz, 25 yoshli xavbek joriy mavsum ijara asosida "Monako"da o'ynadi, uning "ko'klar" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar