"CHelsi" dunyodagi eng qimmat darvozabonning agenti bilan muzokaralarni boshladi
28 iyu 2020 10:20
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/583534_original.jpg)
![](/upload/storage/583534_220.jpg)
"CHelsi" dunyodagi eng qimmat darvozabonning agenti bilan muzokaralarni boshladi
"CHelsi" "Atletiko" darvozaboni Yan Oblakni xarid qilmoqchi.
"Ko'klar" 27 yoshli sloveniyalik posbonning agenti bilan muzokaralarga kirishgan, bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.
London klubi Oblakni shu yozda La Ligaga ketishi mumkin bo'lgan Kepa Arrisabalaganing o'rniga xarid qilmoqchi.
"CHelsi" Oblakning transferini amalga oshira olmagan taqdirda, "Ayaks" darvozaboni Andre Onana uchun harakat qilib ko'radi. Onana Oblakdan ko'ra arzonroqqa tushadi.
Eslatib o'tamiz, Yan Oblak dunyoning eng qimmat darvozaboni hisoblanadi. Futbolchining "Atletiko" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar