"CHelsi" APLdagi g'alabasi uchun rekord mablag' ishlab topdi
03 iyu 2015 12:12
Yangiliklar


"CHelsi" APLdagi g'alabasi uchun rekord mablag' ishlab topdi
"CHelsi" Angliya chempionatida g'alaba qozonib, premer-ligada eng ko'p mablag' ishlab topgan jamoaga aylandi.
Malumotlarga ko'ra, ko'klar APLdagi g'alabasi uchun 25 mln. funt, to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatilgan uchrashuvlar uchun 20 mln., telehuquqlarning mamlakat ichki va tashqi savdosidan 22 va 28 mln., liga homiylaridan 4,4 mln. funt olgan. Jami - 99 mln. funt.
Kumush medal egasi "Manchester Siti" esa 98,5 mln. funt ishlab topdi.
To'rtinchi o'rinni egallagan "Manchester Yunayted" (96,8 mln. funt) bronza egasi "Arsenal"dan (96,5 mln. funt) to'g'ridan-to'g'ri efirlar ko'p bo'lgani uchun biroz ko'p daromad topdi.

Fikrlar