

APLning amaldagi chempioni "Chelsi" 7 o'yinda 13 ochko to'plagan holda turnir jadvalida 4-o'rinda bormoqda. Lekin, hozircha Antonio Konte shogirdlari salbiy jihatlarda yetakchilik qilishmoqda. Yani, "aristokratlar" qo'polliklar (90ta qo'pollik) va qizil kartochkalar (3ta qizil kartochka) bo'yicha chempionatda yetakchi bo'lib turishibdi.




