"CHelsi" 4 nafar futbolchining klubdan ketishini elon qildi
10 iyu 2022 20:10
Yangiliklar
"CHelsi" 4 nafar futbolchining klubdan ketishini elon qildi
"Real"ga o'tgan Antonio Ryudigerdan so'ng himoyachilar Andreas Kristensen va Jeyk Klark-Salter, shuningdek, yarim himoyachilar Deniel Drinkuoter va CHarli Musonda jamoani erkin agent sifatida tark etishdi.
Kristensen "CHelsi" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, u 2014 yilda asosiy jamoada debyut qildi, keyinchalik ikki mavsumni Myonxengladbaxning "Borussiya"sida o'tkazib, London klubiga qaytdi hamda "aristokratlar" bilan CHempionlar ligasini ham hisoblagan holda 6 ta sovrinni qo'lga kiritdi.
Drinkuoter 2017 yil “Lester”dan “CHelsi”ga o'tgandi. U "ko'klar" safida bor-yo'g'i 23 ta o'yinda maydonga tushdi, asosan, u turli klublarda ijara asosida o'ynadi.
CHarli Musonda ham "CHelsi" tarbiyalanuvchisi sanaladi. Futbolchi asosiy jamoada bor-yo'g'i 7 ta o'yinda maydonga tushdi, u ham asosan, boshqa klublar safida ijara asosida harakat qildi.
Jeyk Klark-Salter 16 yil davomida klub bilan birga bo'ldi, biroq atigi ikki marta asosiy tarkibda o'ynadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Кападзе "Навбаҳор"даги дебютида Самарқандда "Динамо"ни енгди
Суперлига. Амалдаги чемпион "Нефтчи" ўз уйида "Машъал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Суперлига. Шаланинг сўнгги дақиқаларда урган голи "Насаф"га ғалаба тақдим этди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Вильярреал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Ямалдан хет-трик
Fikrlar