So’nggi yangiliklar

22:13"Пахтакор-Фарм" устози Бобур Абдураҳмонов: "Про лига ёш футболчилар учун яхши тажриба бўлади"  0 21:38"Истанбул Башакшехир" — "Трабзонспор". Таркиблар маълум  8 21:10Родриго учун мавсум якунланди  9 21:01Азамат Алланиёзов: "Арал"нинг мақсади — чемпионлик, мавсум бошланишини сабрсизлик билан кутяпмиз"  0 20:33"Астон Вилла" "Манчестер Сити" дарвозабонига кўз тикди  0 19:58"ТерДУ" устози Элдор Бойматов: "Қуръа яхши бўлди, университет жамоалари кутилмаган совға қила олади"  0 19:34"Милан" Жексонга кўз тикди  4 19:07Англия футбол ассоциацияси VAR'дан фойдаланишда инқилобий ўзгариш тайёрламоқда  3 18:39"Сурхон" Термизда аср ғалабасини қўлга киритиши мумкин  6 18:10ЎФА футболдан четлатган Жасур Мухторов 5,5 йилдан сўнг Суперлига ўйинини бошқаради  11 17:42"Пахтакор" сўнгги бор Қўқонда қачон ғалаба қозонган?  3 17:15Испаниялик мураббий "Андижон" ва "Навбаҳор"нинг муваффақиятли старти ҳақида гапирди  1 16:48Тареми Эронга қайтишни истаяпти  10 16:20"Нефтчи" ва "Андижон" офсайддан гол урдими? Суперлиганинг илк туридаги ҳакамлик таҳлили  13 16:02Аёллар ўртасидаги Осиё кубоги. Хитой Бангладешдан устун келди  0

APL. "Arsenal" burchak zarbasi natijasida urilgan gollar evaziga "Chelsi"ni mag'lub etdi Yangiliklar

APL. "Arsenal" burchak zarbasi natijasida urilgan gollar evaziga "Chelsi"ni mag'lub etdi

Teglar :  ArsenalChelsiAPL
APL 28-tur doirasidagi "Arsenal" - "Chelsi" o'yini yakunlandi.

APL. "Arsenal" — "Chelsi" 2:1

Gollar: 21 - Vilyam Saliba, 45+2 - Pero Inkape (avtogol), 66 - Yurrien Timber

"Arsenal": 1. David Rayya, 6. Gabriel Magalyayns, 5. Pero Inkape, 12. Yurrien Timber, 2. Vilyam Saliba, 36. Martin Subimendi, 41. Deklan Rays (16. Kristian Nyorgor, 76'), 10. Eberechi Eze, 19. Leandro Trossard (11. Gabriel Martinelli, 56'), 14. Viktor Yokeresh (29. Kay Xaverc, 76'), 7. Bukayo Saka.

Zaxira: 13. Kepa Arrisabalaga, 3. Kristyan Moskera, 33. Rikkardo Kalafori, 49. Maylz Lyuis-Skelli, 9. Gabriel Jezus, 20. Noni Madueke.

"Chelsi": 1. Robert Sanches, 23. Trevo Chaloba, 24. Ris Jeyms, 19. Mamadu Sarr (4. Tosin Adarabioyo, 90'), 21. Yorrel Xato (27. Malo Gyusto, 75'), 25. Moyses Kaysedo, 17. Andrey Santos (45. Romeo Lavia, 75'), 10. Koul Palmer (49. Alexandro Garnacho, 86'), 8. Enco Fernandes (9. Liam Delap, 86'), 7. Pedru Netu, 20. Joao Pedro.

Zaxira: 12. Filip Yorgensen, 34. Josh Achimpong, 5. Benua Badyashil, 38. Mark Giu.

Ogohlantirishlar: 59 - Koul Palmer, 65 - Yorrel Xato, 67 - Pedru Netu, 70 - Pedru Netu, 79 - Enco Fernandes

Chetlatish: 70 - Pedru Netu (ikkinchi sariq kartochka)


90+7. O'yin yakunlandi!

90+5. "Chelsi" gol urdi, ammo bu vaziyatda o'yindan tashqari holat borligi malum bo'ldi!

90+3. Dahshat vaziyat! Garnacho uzatgan to'p hech kimga tegmay darvoza tomon borayotganda Rayya qaytarib, jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi!

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.

87. Kaysedoning uzoqdan tepgan to'pi noaniq ketdi.

86. Mehmonlar so'nggi daqiqalarda faollikni oshirmoqda. 

80. Eze zarba berish uchun qulay vaziyatga chiqib borib darvozaga tepdi, Sanches qaytardi!

77. "Chelsi"dan xato! Saka to'pni Xavercga uzatdi, u biroz kech qoldi to'pga. Bo'lmasa hozirning o'zida o'yinga nuqta qo'yilardi.

70. Netu 3 daqiqaning ichida ikki bor sariq kartochka oldi. "Chelsi" o'yinning qolgan qismini bir kishi kam bo'lib davom ettiradi.

68. Bugungi uchrashuvdagi uchta gol burchak zarbasidan kiritilishini hech kim taxmin qilmagan bo'lsa kerak. Xo'sh, navbat "Chelsi"gami yana?

66. GOL! "Arsenal" hisobni oshirdi, yana burchak zarbasidan! Havolatib uzatilgan to'pni Timber boshi bilan darvozaga kiritdi. 

59. Bosh hakam ikkinchi marotaba o'yin tempiga tasir qiluvchi to'xtalishni qilmoqda. Qizig'i, ikkalasi ham "Arsenal" qarshi hujumga qochib ketishi mumkin bo'lgan vaqtda..

56. Palmer havolatib uzatilgan to'pga zarba bera olmadi, agar tepa olganidami... 

55. "Chelsi" jarima maydonchasi ichida palapartishlik. "Arsenal" hujumchilari to'pni o'zlariga to'g'rilasha olmay, mehmonlar himoyachilari esa to'pni chiqara olmay halak.

53. Joao Pedroning bosh bilan bergan zarbasini David ushlab oldi!

51. Enconing zarbasini Rayya qaytardi.

50. Saka to'pni o'ziga to'g'rilab olib zarba berdi, to'p rekoshetga uchradi, Kimber unga bordi va Sanches bilan to'qnashib ketdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Dastlabki bo'lim statistikasi:

To'p nazorati - 43% - 57%

Zarbalar - 8 - 3

Aniq zarbalar - 2 - 0

Burchak zarbalar - 3 - 3

Uzatmalar aniqligi - 81% - 88%

45+5. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+4. "Arsenal" oldinga o'tmoqda. Ular uchun hozirgi hisob mutlaqo yomon.

45+2. GOL! "Chelsi" hisobni tenglashtirdi, yana burchak zarbasidan gol bo'ldi! Inkape boshi bilan to'pni qaytaraman deb o'z darvozaga kiritib qo'ydi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

45. Bu safar "Chelsi" burchak zarbasidan xavfli vaziyat yaratdi. Sal qolsa to'p darvoza to'ridan joy olishi mumkin edi.

44. Bugun Yokeresh himoyachilarni aldash borasida faol emas. Ikki bor u "Chelsi" azolarini aldab o'ta olmadi. Bo'lmasa juda qulay vaziyatlarga ega bo'lardi.

37. Timber zarba berish uchun qulay vaziyatga chiqdi, bir himoyachini aldadi, keyin tepdi, bu safar noaniq bo'ldi.

31. Rayya sherigiga to'pni uzatdi, u yana qaytardi darvozabonga, bu vaziyatda uning yonida "Chelsi" azosi turgandi. "Arsenal" posboni ishonchli o'ynab, to'pni tepib yubordi.

24. Yana mezbonlar oldinga intilmoqda. Ular burchak zarbasi ishlab olish bo'yicha mutaxassisga aylanib ulgurishgan. Ayni vaqtda yana shunday standart vaziyat.

21. GOL! "Arsenal" hisobni ochdi, burchak zarbasi gol urdi! Burchakdan uzatilgan to'pni Gabriel boshi bilan markazroqqa uzatdi, Saliba esa to'pni darvozaga to'g'riladi va yo'l-yo'lakay "Chelsi" futbolchisiga tegib, darvozaga kirdi.

19. Xavfli burchak zarbasi "Chelsi"dan. Sal qolsa burchak zarbasidan uzatilgan to'p darvozaga kirib ketganini ko'rishimiz mumkin edi...

15. Eze "Chelsi" darvozaboni oldinga chiqib ketganidan foydalanib darvoza tomon zarba berdi, ammo to'p darvozaga qadar etmasdan uni Robert ushlab oldi.

10. Jarima zarbasidan havolatib uzatilgan to'pga Sarr zarba berdi, ammo u noaniq tepdi. 

9. Qiziq holat. Har ikki jamoa vakillarida ham hayajon kuzatilayotganga o'xshaydi. 

6. Palmerning darvoza tomon tepgan to'pi noaniq bo'ldi.

5. "Chelsi" darvozaboni sal qolsa qo'pol xato tufayli gol o'tkazib yuborishi mumkin edi. U vaziyatni to'g'rilay oldi.

1. O'yin boshlandi!

- Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari. Sizlarni bugungi "Arsenal" — "Chelsi" uchrashuvining matnli translyaciyasini kuzatishga taklif etamiz.

Reyting: +4   

Fikrlar

+3   
01 mar 21:54:36
Beckham
Chelsi Arsenalning tezligiga chidolmayapti
+1   
01 mar 23:46:18
Arsenal 14
Arsenal kuch tejaydimi, kuchi qolmaydimi, oxirgi paytlarda faqat hisobni ushlab qolishga o'ynayapti. Hakam ham xujumga o'tib ketayotganda to'xtatib qolyapti. Shu Palmerga sariqni keyin ham ko'rsatsa bo'lardi. Bugun eng yaxshi futbolchi Raya bo'ldi
+1   
01 mar 23:37:00
Murza
Arsenal bugun innfark va insult qilishga oʻynadi muhlislarini 1ta koʻp boʻlib xujum qilolmaydiya lekin eplavoldi omad
+1   
01 mar 23:34:46
chelsea tv
Roman Abramovich bilan biz sevgan chelsi ham ketgan, Bu chelsi boshqa chelsi egalari ham Amerikalik uch xarflar. Shunday ekan qani chelsi muxlislari demanglar
+1   
01 mar 23:30:15
Ahadjon Sidiqov
Арсенал арсенал сал колишига сал колди майли шунака хаяжонли у́йин килади доимгидек
+1   
01 mar 22:31:15
Arsenal 14
Arsenal qachon xujumlarini oxiriga etkazarkan, shuncha vaziyat, gol yo'q. Inkape degani ham hech Arsenalbop futbolchi emas ekan. Ikkinchi bo'limda bir nimalar qilmasa ahvol chatoq!
   
02 mar 08:57:32
J afar Abdullayev
Suyyuq chichdi Chelsi endi izini chichganiga sirganib yurishadi koti boqlar
   
02 mar 05:04:31
Burhonbek Abdumo'minov
Blya durang boʻlganda zoʻr boʻlardi Sity uchun
   
02 mar 00:57:49
Sirojiddin
chelsea tv foydalanuvchining fikriga javob berish
Roman Abramovich bilan biz sevgan chelsi ham ketgan, Bu chelsi boshqa chelsi egalari ham Amerikalik uch xarflar. Shunday ekan qani chelsi muxlislari demanglar
Тугри айтдингиз.у челси бошка кайтиб келмаса керак.
   
02 mar 00:55:40
Sirojiddin
Челси чемпион
   
02 mar 00:54:49
Sirojiddin
????????????
   
02 mar 00:32:14
Ma'ruf A'zamov
Arsenal chempionlik yaqin barqaror o'ynash kerak.
   
01 mar 23:37:41
DON USMON
Keraksiz ochkolarni yoqotib 6-o'rinda yuribdi battar bo'l, PSJ ga ham tayyor go'sht boladi bular hali, Mareskaga mavsum oxirigacha imkon berish kerak edi
   
01 mar 23:33:00
Utkirjon
Арсенал амаллади баракалла
   
01 mar 23:31:46
BAB
Галаба муборак!
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика