"CHarm to'p" musobaqasining finaliga chiqqan jamoalar malum bo'ldi
16 may 2018 21:52
Yangiliklar
"CHarm to'p" musobaqasining finaliga chiqqan jamoalar malum bo'ldi
“CHarm to'p” musobaqalari 4 bosqichda o'tkazilmoqda (tuman, viloyat, mintaqaviy va Respublika bosqichi). Musobaqaning tuman, viloyat bosqichlari joriy yilning aprel-may oylarida o'tkazildi. Bu bosqichlarda g'alaba qozongan jamoalar mintaqaviy bosqichga yo'l oldilar.
1-mintaqa – Toshkent shahri, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari jamoalari o'rtasida 1-4 may kunlari Jizzax viloyatida, 2- mintaqa Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlari jamoalari o'rtasida, 1-3 may kunlari Farg'ona shahrida, 3- mintaqa Samarqand, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari jamoalari o'rtasida, 1-4 may kunlari Qarshi shahrida, 4- mintaqa Qoraqalpog'iston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlari jamoalari o'rtasida, 1-3 may kunlari Urganch shahrida o'tkazildi.

Mintaqalarda g'olib bo'lgan jamoalar o'rtasida musobaqaning final bosqichi 15-18 may kunlari Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida o'tkaziladi.
Musobaqaning final bosqichida 5-6, 7-8, 9-10 sinf jamoalari yarim final va final o'yinlarida ishtirok etishadi.
Mamlakatimizning chekka-chekka qishloqlaridan kelgan bolalar Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida to'p tepishdi.
“CHarm to'p” final bosqichi 15-18 May
Yarim final 16- May
5-6 sinflar
10:00 Farg'ona. Quvasoy tumani 22 maktab - Surxondaryo. Uzun tumani 6 maktab - 4:1
11:15 Xorazm. Xonqa tumani 19 maktab - Jizzax. Arnasoy 8 maktab - 1:7
7-8 sinflar
13:00 Jizzax. SH.Rashidov 29 maktab – Qarshi tumani 33 maktab - 2:0
14:15 Namangan. 82 maktab - Urganch. 10-maktab - 3:2
9-10 sinflar
16:00 Samarqand. Kattaqo'rg'on tumani 22 maktab - Farg'ona. 32 maktab - 0:2
17:15 Toshkent shahri. 162 maktab – Buxoro. Romiton tumani 29 maktab - 8:1

Final 17 may
5-6 sinflar
3- o'rin uchun 9:00 Surxondaryo Uzun tumani 6 maktab - Xorazm Xonqa tumani 19 maktab
Final 10:15 Farg'ona Quvasoy tumani 22 maktab - Jizzax Arnasoy 8 maktab
7-8 sinflar
3- o'rin uchun 11:30 Qarshi tumani 33 maktab - Urganch shahri 10-maktab
Final 12:45 Jizzax SH. Rashidov 29 maktab - Namangan shahri 82 maktab
9-10 sinflar
3- o'rin uchun 17:00 Samarqand viloyati Kattaqo'rg'on tumani 22 maktab - Buxoro viloyati Romiton Tumani 29 maktab
Final 18:30 Farg'ona shahri 32 maktab - Toshkent shahri 162 maktab

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar