"CHangalzorga qayt, maymun". Villianni haqorat qilishdi
20 fev 2021 08:26
Yangiliklar


"CHangalzorga qayt, maymun". Villianni haqorat qilishdi
"Arsenal" futbolchisi Villian Instagramda irqiy kamsitishlarga duchor bo'ldi.
32 yoshli braziliyalik futbolchi shaxsiy xabarlar orqali o'ziga yuborilgan irqiy kamsitish mazmunidagi skrinshotlarni ko'rsatdi.
"CHangalzorga tezroq qayt, maymun", - deb yozgan foydalanuvchilardan biri.
Yana bir odam esa unga maymun va bananning emojilarini yuborgan.
Futbolchining o'zi esa "Nimanidir o'zgartirish kerak. Racizmga qarshi kurash davom etmoqda" deb yozgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar