So’nggi yangiliklar

20:36"Вест Хэм" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  0 20:13"Ювентус" — "Интер". Таркиблар маълум  2 20:10Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" (матнли трансляция)  132 20:04"Персеполис" — "Фулад". Таркиблар маълум  3 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  10 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  17 18:41"Реал Сосьедад" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  33 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2

Championat.asia saytida yangi rukn: "Anonim hakam". Najafalievning xatosi va "Andijon" urgan golda kim xato qildi? Yangiliklar

Championat.asia saytida yangi rukn: "Anonim hakam". Najafalievning xatosi va "Andijon" urgan golda kim xato qildi?

Teglar :  Anonim hakam
Saytimizda yangi rukn ish boshladi.

Xabaringiz bor, o'tgan yildan boshlab Superliga hakamlari chiqargan bahsli vaziyatlarini rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev "Alyo Ref" tahlil qilib bermoqda.

SHu bilan birga endi bizda yana bir sobiq hakam anonim tarzda ekspert bo'ladi. Uning kimligi va qaysi davlatdan ekanini malum qilmaymiz.

1. "Navbahor" - "Metallurg". Zabihillo O'rinboev gol urgan vaziyatda bosh hakam xatoga yo'l qo'ydi. To'g'ri qoida buzilgandi, ammo ustunlik principi bo'yicha hakam to'p kimga tushishini kutishi va agar "Metallurg" vakili to'pga egalik qilsa hujumni davom ettirishi kerak edi. Aslida shunday ham bo'ldi va O'rinboev gol urdi. Ammo hushtak ancha vaqtli chalindi va bu xato edi. Yakuniy hisob 3:0 bo'ldi. Yani hakam o'yin natijasiga tasir qiluvchi xato qilmagan, biroq xato baribir xato. Agar bu holat FIFA musobaqalarida bo'lganida o'sha o'yin hakam uchun turnirdagi so'nggi bahs bo'lardi.

Malumot uchun, "Navbahor" - "Metallurg" uchrashuvini Asker Najafaliev boshqarib bordi.


VIDEONI KO'RISH


2."Surxon" - "Andijon". Mamatkazin urgan gol Xebay ofsaydda turibdi deb VAR yordamida inobatga olinmadi. Futbol muxlislariga bir narsani tushuntirib ketamiz VAR ofsayd chizig'ini chizganida QIZIL chiziq doim hujum qilayotgan futbolchiniki bo'ladi, KO'K chiziq esa himoyalanayotgan futbolchiniki. Buni Evropadagi o'yinlar orqali ham bemalol ko'rish mumkin. Bu vaziyatda fikrimcha VAR hakami texnik xato tufayli chiziqlar rangini almashtirib qo'ygan. Aslida ofsaydni aniqlash vaqtida bosh hakamning monitor oldiga borishi shart ham emas. SHunchaki chiziqlar to'g'ri qo'yilganida VAR'ning o'zi ofsayd bor yoki yo'qligini aniqlab raciya orqali bosh hakamga aytardi va o'yin davom etardi.

Yana bir narsa darvozabon maydonchasi ichida (jarima maydoni emas, aynan darvoza yonidagi darvozabon maydonchasi) hujum qilayotgan futbolchi darvozabonning ko'rish imkoniyatini to'sishi mumkin emas. Agar darvozabon qarshisidagi futbolchi ofsaydda turgan bo'lsayu, gol urilgan paytda xatto u to'pga tegmasa ham ofsayd hisoblanadi. Bu vaziyatda esa hujumchi ofsaydda emasdi, aynan VAR hakami chiziqlar rangini almashtirib qo'yib, xatoga yo'l qo'ygan.

Malumot uchun, "Surxon" - "Andijon" uchrashuvini Rahimbek Karimov boshqarib bordi. VAR hakami sifatida esa Aziz Asimov ishladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика