championat.asia sayti ijodiy jamoasi Astana shahrida
07 jan 2019 05:38
Yangiliklar
championat.asia sayti ijodiy jamoasi Astana shahrida
Qita chempionatini yoritish maqsadida www.championat.asia saytining bir qator vakillari Dubay shahriga yo'lga otlanishdi. 6 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 23:50da havoga ko'tarilgan samolyotda Xayrulla Xoliqov, Narzulla Saydullaev, Tolibjon Qosimov, SHahboz Beg'amov va Zoir Tursunboev Qozog'istonning poytaxti Astana shahriga etib borishdi.
Malum vaqt Astanada bo'lgach Astana-Dubay yo'nalishida manzilga otlanamiz. Saytimizning yana bir xodimi Jasurbek Aslanov allaqachon Toshkent-Moskva-Dubay yo'nalishida BAAga etib borgan. 8 yanvar kuni saytimiz rahbari Nodirxo'ja Yuldashev va Olamsport.com sayti rahbari Kamoliddin Alimov ham BAAga uchib kelishadi.
Ayni paytda Astanada juda ham sovuq ob-havo hukm surmoqda. Termometr 14 daraja sovuqni ko'rsatmoqda.
Tez orada issiq Dubayga etib boramiz hamda saytimiz o'quvchilariga qaynoqqina xabarlarni etkazib boramiz. Ertaga SHarjada O'zbekiston - Ummon uchrashuvidan oldingi rasmiy tadbirlar bo'lib o'tadi. www.championat.asia saytini kuzatib borsangiz ulardan birinchilardan bo'lib xabardor bo'lasiz.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar