Championat.asia insaydi tasdiqlandi: “Metallurg” rasman 2 o'yinchisi bilan xayrlashdi

Eldor Akmurzayev
16 iyul 2022, 08:05
Yozgi transfer oynasida barcha jamoalarda bo'lgani kabi “Metallurg” futbol klubida ham o'zgarishlar davom etmoqda.

Kecha Bekobod jamoasi Salamat Quttiboev hamda Fozil Musaevlar bilan ikkiyoqlama shartnomani bekor qilishdi. Endilikda jamoaning sobiq sardori hamda vice sardorlari o'z faoliyatlarini boshqa klublarda davom ettirishadi.

Salamat Quttiboev birinchi davrada “Metallurg” tarkibida 9 ta o'yinda maydonga chiqdi. 713 daqiqa harakat qilib, 3 marta ogohlantirildi. Fozil Musaev esa 9 ta uchrashuv davomida maydonda 514 daqiqa harakat qildi.

Eshitdik-da: Fozil Musaev, Salamat Kutibaev va Islom Isokjonov "Metallurg"ni tark etdi

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: "Металлург" ФК матбуот хизмати