Salamat Quttiboev: "Gol urib "Buxoro"ga 3 ochko keltirganimdan xursandman"

Narzulla Saydullayev
11 apr 2016, 11:29
"Qo'qon-1912" - "Buxoro" (0:1) uchrashuvida yagona golni urgan Salamat Quttiboev o'z fikrlarini bildirib o'tdi
"Uchrashuv biz uchun juda muhim ahamiyatga ega edi. Barcha mas'uliyatni his qilgan holda maydonga tushdi. Raqiblarimiz bizga qarshi himoyaviy o'yin namoyish qilishdi. Himoyada o'ynayotgan jamoalarga qarshi o'yinlar o'zi qiyin kechadi. Ikkinchi bo'limda murabbiylar qilgan o'zgartirishlar o'z so'zini aytdi. Men bu uchrashuvda gol urib "Buxoro"ga qimmatli uch ochkoni keltirganimdan xursandman. Bu g'alabaga barchaning birdek hissasi bor" - deydi Salamat Quttiboev.

"Buxoro" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia