Championat.asia IKKINCHI o'rin sohibi. Bir shingil hangoma
19 apr 2014 18:03
Yangiliklar
Championat.asia IKKINCHI o'rin sohibi. Bir shingil hangoma
3 yillik faoliyatimiz davomida ishtirok etgan uchinchi musobaqamizda ham ikkinchi o'rin sohibiga aylandik.
1-qator: Licenziyasi yo'q murabbiy - Kamoliddin Alimov, Miraziz Murotov, Aleksey Grigoriev, Narzulla Saydullaev, SHahboz Beg'amov va turnirni eng yaxshi posboni bo'lishiga sal qolgan Nodirxo'ja Yuldashev.
2-qator: Tolibjon Qosimov junior, Aziz To'xtamurodov, Abror Qodirov, Oleksandr Pishur, kechirasizlar Bahodir Mirzaev, Behzodjon Nazarov.
Narzulla: Tolib qarangchi yo'qligimizda hech kim saytda so'kinmayaptimi?
Mashal radiokanali sharhlovchisi Abdulla No'rmonov:
- "CA" meni ham qo'shinglar.
Narzulla: - Abror qo'shamizmi?
Abror: - Agar ishtonidan tortmasa qo'shaveramiz.
Behzod Nazarov penaltidan 98ta zarba bersa, 98tasida gol ura oladi. Faqat o'sha ura olmaydigan ikkitasini bugun ura olmay qoldi.
"CA"da yangi Narzulla bo'lishi kutilayotgan Azizulla, eyyy... Aziz...
"CA" legioneri Bahodir Mirzaev o'z golini kimlargadir bag'ishladi... O'rganing bunyodkorchilar, "Al Jaishga" shunday gol urish kerak.
Mirjalol Qosimov MTJ murabbiylar shtabiga yangi, pul topsa albatta licenziya sotib oladigan, kechirasiz o'qiydigan Kamoliddin Alimovni ishga olishi mumkin, degan xabar, 2028 yilning 1 aprelida chiqsa ishonmang.
"CA"da bor ortida xizmat qiladigan Aleksey (Lyoxa aka)
Ex, Miraziz penalti tepa olmas ekansiz, to'pni Alimovga bermaysizmi yorvormaydimi?
Bu erda men nutq so'zlayapman: Bir balo, bir balo, bir balolarmi-eee (videoda ko'rasiz)
Yashasin FOTOSHOP!!! OFK komissiyasida to'plagan tajribam ish berdi.
Ikkinchi o'rin ham chakki emas, bari bir finalchilarga atalgan sovg'a bir xil edi.
Albatta bularning barchasi hazil. Men yana Toshkentdaman va bu mening kundaliklarimdan biri bo'ldi deb biling ))
Nodirxo'ja Yuldashev
Foto: Xayrulla Xoliqov
Fikrlar